ZARIN

ZARIN — metilftorfosfonat kislotaning propil efiri, kuchli taʼsir etaaigan zaharlovchi modda. Deyarli hidsiz, rangsiz suyuklik. Suyuklanish trasi — 54°, qaynash trasi — 151,5° (ajralish b-n); zichligi 1,094 g/sm3, 20°da uchuvchanligi 11,3 mg/l; suv va organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashadi. Nafas aʼzolari, teri, meʼdaichak orqali (ovqat yoki suv b-n) organizmni zaharlaydi. Markaziy nerv sistemasiga taʼsir qilib, uni falajlaydi. Suv taʼsirida juda sekin, mineral kislotalar va ayniqsa ishqorlar, ammiak va aminlarning suvdagi eritmalarida tez gidrolizlanib zaharli boʻlmagan moddalar hosil qiladi. Zarindan saklanish uchun protivogaz va tanani himoya qiladigan vositalar, shuningdek, antidotlar, mas, atropindan foydalaniladi (yana q. Zaharlovchi moddalar).