ZARDUSHTIYLIK

ZARDUSHTIYLIK, zoroastrizm — mil. av. 7—6a. larda vujudga kelgan din. Asoschisi — Zardusht. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qad. paxlaviy tilida «Zardusht» soʻzi «Magupta» deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni «majus» shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri «Zardusht» «majus», «zardushtiylik» esa «majusiylik» sifatida qoʻllanib kelingan. Zardushtiylikda «otash» va «quyosh» tangri Ahuramazdanmng oʻgʻli deb hisoblangan. «Hyp», «otash» Z. ning ramzi, timsolidir. Zardushtiylikda Ahuramazda oliy xudo hisoblanganligi uchun 3. — mazdaizm yoki mazdaiylik deb ham atalgan. 3. taʼlimoti uning muqaddas kitobi — Avestoaa bayon etilgan. 3. taʼlimoti dunedagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorugʻlik va qorongʻulik, hayot va oʻlim oʻrtasidagi kurashga bogliq, deb tushuntiradi. Olamdagi hamma yaxshiliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Anxramaynu ifodalaydi. Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi kurashadi, lekin uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi kurash olam dagi jarayenlar mazmunini tashkil etadi. Odam bu kurashda tanlash erkinligiga ega boʻlgan, oʻz faolligi bilan dunyoda adolat tantanasiga taʼsir eta oladigan shaxsdir. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida ragʻbatlantiriladi. 3. dinida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Zardushtiylikning axloqiy taʼlimoti «ezgu fikr», «ezgu soʻz» va «ezgu amal» dan iborat muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topgan. 3. talabiga koʻra, har bir inson tangrining yakkayu yagonaligini eʼtirof etishi, xoh erkak, xoh ayol boʻlsin ilm oʻrganishi, turli kasblarni egallashi, chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullanishi, kanal qazishi, yer ochishi lozim. Eng asosiysi — Z. da eʼtiqod erkinligi mavjud boʻlgan. 3. insonlarni tenglikka, hamjihatlikka, birbiriga yaxshilik qilishga, yer yuzida tinchtotuv hayotni taʼminlash uchun kurashga chorlagan, unda maʼrifat zulmatga, adolat zulmga qaramaqarshi qoʻyilgan. Zardushtiylikda har bir inson butun kuchini oʻzini kamolatga yetkazish yoʻliga sarf etmogʻi lozim. 3. murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu din jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. 3. ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. 3. arshakiylar va sosoniylar podshoxligi davrida hukmron dinga aylangan. 3. 13 a. davomida ajam mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7a. oʻrtalari — 8-a. boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin islom dini hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil qiladi.

Ad.: Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960; Meri Boys, Zoroastriysы, M., 1988; Avesto (Askar Mahkam tarjimasi). T., 2001; Avesto (Mirsodiq Isʼhoqov tarjimasi), T., 2001; Homidov H., Avesto fayzlari, T., 2001; Boboyev H., Hasanov S, Avesto — maʼnaviyatimiz sarchashmasi, T., 2001.

Hamidjon Homidiy.