ZARDEVOR

ZARDEVOR — kashta tikib bezatiladigan badiiy buyum; uy bezagi. Eni 40 — 70 sm, uzunligi uy devorini qamrab oladigan qilinadi. Uy devorining yuqori qismiga shiftga taqab gir aylantirib qoqiladi. Baxmal, sidirgʻa shoyi, satinga yoʻrma, bosma, ilma choklarda rangbarang ipaklar, zar ip Zardevor bilan qoʻlda kashta tikib, gajim tutib bezatiladi. Bezak mujassamotini oʻsimliksimon naqshlar tashkil qiladi: gul, shoxchalardan tuzilgan bir maromda takrorlanuvchi mehroblar qatori hoshiya naqsh bilan oʻralgan. Qizlarning sepiga kirgan Zardevorni qadimdan xonadonlarda xotinqizlar tayyorlagan, hozir badiiy buyumlar fkalarida (mas, Toshkent, Andijon va b. da popop mashinalarida ham kashta tikib) ishlab chiqariladi. 19a. oʻrtalari 20a. boshlarida Samarqand, Toshkent, Surxondaryo va b. joylarda tayyorlangan Zardevor lardan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.