ZARVARAQ

ZARVARAQ, shmustitul — kitobning sarvaragʻidan yoki har bir bob, boʻlim, qismdan oldin qoʻyiladigan ikki yoki bir sahifali alohida varagʻi. Zarvaraqda kitobning qisqa nomi, ayrim hollarda faqat kitob va nashriyot nomi beriladi. Baʼzida kitobning mazmuniga monand bezaklar ishlanadi. Kitob ichidagi Zarvaraqda kitobning alohida qism va boblari oldidan shu qism yoki bobning nomi, rayem hamda bezaklar joylashtiriladi. Kitobat sanʼatida lavvoh (kitobga jilo beruvchilar) tomonidan 3. sahifalari chetlariga rangbarang chiziqlar, naqshlar chizish, kitob nomini oltin hal bilan yozish kitob bezashning odatdagi uslubiga aylangan. Alisher Navoiy asarlari uchun oʻz davrida gʻoyat mahorat bilan Zarvaraqlar ishlangan (q. Kitobat sanʼati).