ZARBXONA

ZARBXONA, tanga saroyi — tangalar zarb qilish, orden, medallar, koʻkrak nishonlari va b. davlat unvon belgilari, shuningdek, zarhallash, kumushlash va zargarlik sirlash usullari bilan metaldan oʻyma va bosma maxsulotlar tayyorlaydigan davlat korxonasi. 3. milliy davlat barpo boʻlishi bilan tanga zarb kilish davlat monopoliyasiga aylangan sharoitlarda tashkil qilinadi.

Eng qad. Zarbxonalar mil. av. Yunonistonda va Rimda tashkil etilgan edi. Dastlabki tangalar metallning oddiy kichik boʻlagidan iborat boʻlgan. Keyinchalik rasmli va yozuvli tangalar zarb qilina boshlagan. Maye, Eron shohi Doro 1 8,4 g ogʻirlikdagi oltin tangalar zarb ettirgan. Oʻrta Osiyoda davlat pul lari zarb etadigan Zarbxonalar 8—10 a. larda paydo boʻlgan. Amir Temur hukmronligi davrida Samarqanddagi zarbxona Temuriylar davlati uchun tanga pullar zarb etgan.

19a. ning 40y. larida Xiva, Buxoro, Qoʻqon xonliklaridagi Zarbxona larda aversi Sobiq Ittifoqda 1921-y. gacha Petrograd (hozirgi SanktPeterburg) Zarbxonasida ordenlar va yubiley medallari tayyorlangan. 1921-y. avg. dan kumush, 1924-y. dan mis, keyinchalik bronza va nikelli, 1961-y. dan boshlab esa jez va neyzilberdan tangalar zarb qilina boshladi. 1942-y. da tashkil etilgan Moskva zarbxonasida orden, medallar, qimmatbaho metallardan koʻkrak nishonlari va b. mahsulotlar tayyorlangan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin 1992-y. da Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida «Davlat Belgisi» ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilindi. Shu birlashma tarkibida Toshkent zarbxonasi 1997-y. 20-martda ishga tushirildi. Zarbxonada OʻzRning tangalari, orden, medallari, koʻkrak nishonlari va b. ishlab chiqariladi.

Av.: Istoriya Uzbekistana v istochnikax // Oʻzbekiston v soobщyeniyax puteshestvennikov i uchyonыx (20—80 godы XIX v), T., 1990.