ZARBIY TOʻLQIN

ZARBIY TOʻLQIN — tovush tezligi dan katta tezlikka ega jiyemning yoki zichligi, bosimi va trasi keskin yuqori boʻlgan muhit qatlamining harakati taʼsirida muhitda paydo boʻladigan toʻlqin. Portlash va detonatsiya natijasida jismlar yoki jism qatlamlari tovush tezligidan katta tezlikda harakatlanganda, lazer (yoki elektron) nuri fokusida va h. k. da hosil boʻladi. 3. t. natijasida moddalarning zichligi, bosimi va trasi keskin oshib ketadi. 3. t. fronti orqasidan atmosfera bosimidan katta bosimli siqilgan xavo (suv, tuproq) qatlami, bular orkasidan esa atmosfera bosimidan kichik bosimli siyrak havo (suv, tuproq) qatlami harakatlanadi. 3. t. siqilgan havo qatlamidan tezroq siljiydi, vaqt oʻtishi bilan 3. t. harakati susayadi, bir ozdan soʻng tezligi tovush toʻlqini tezligiga baravarlashadi. Atom bombasi portlaganda hosil boʻladigan 3. t. bunday qurolning asosiy shikastlovchi omili hisoblanadi. Maye, trotil ekvivalenta 20 ming t boʻlgan bomba portlaganda hosil boʻladigan 3. t. 4 km naridagi binolarni vayron qilishi, jangovar texnikani yoʻq qilishi yoki ishdan chiqarishi mumkin. Bunday 3. t. 1,5 km naridagi kishilar va hayvonlarni ham shikastlaydi. Oddiy himoya vositalari (okoplar, blindajlar, oʻrmonlar) 3. t. taʼsirini ancha kamaytiradi.