ZARBDOR TUMANI

ZARBDOR TUMANI — Jizzax viloyatidagi tuman. 1979-y. 4 dek. da tashkil etilgan. Shim. sharqsa Sirdaryo viloyati, garbda Jizzax tumani, sharkda Yangiobod tumani, jan. da Zomin tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,51 ming km2. Aholisi 45,7 ming kishi (2000). 3. t. da 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Adirobod, Andijon, Lalmikor, Sharq Yulduzi, Yangikent) va 2 shaharcha (Boʻston, Zarbdor) bor. Markazi — Zarbdor shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi Mirzachoʻlning jan. da joylashgan. Relyefi asosan tekislikdan iborat. Iklimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi —4°, —6°, iyulniki 28—30°. Yiliga 300 — 350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 205—210 kun. Tuprogʻi boʻz, qoʻngʻir tuproq. Yer osti suvlari yuza, shoʻr. Tuman hududida kanallari bor. Oqova shoʻr suvlarni qochirish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, ituzum, tol, jiyda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, kalamush, toshbaqa, ilon, kaltakesak, yovvoyi parrandalardan oʻrdak, tustovuq, qirgʻovul, kalxat, chugʻurchiq, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, mayna yashaydi. Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, ukrain, qirgʻiz, turkman, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 89 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 27,8 ming kishi, shaharliklar 17,9 ming kishi.

Xoʻjaligi. Q. x. da paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinni egallaydi. 13 ta shirkat xoʻjaligi mavjud. Jami q. x. yerlari 34,5 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 32,8 ming ga, lalmi yerlar 430 ga. Tumandagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 12 mingdan ziyod qoramol, 14 mingdan ortiq qoʻyechki, 370 tacha ot bor. 325 dehqon xoʻjaligi boʻlib, 13,7 ming ga yer ajratilgan. Tumanda Zarbdor un kti, 20 kichik, 20 xususiy korxona, 4 savdo tashkiloti, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.

Tumanda 12 umumiy taʼlim maktabi (12,4 ming oʻquvchi), «Oqbuloq» folklor etn. guruhi, 230 oʻrinli kasalxona, 8 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 2 poliklinika, 8 dorixona bor. Zarbdor—Guliston, Zarbdor—Toshkent, Zarbdor—Samarqand va b. yoʻnalishlar boʻyicha shaharlararo avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. «Zarbdor» tuman gaz. 1000 nusxada nashr etiladi.