ZARBDOR

ZARBDOR — Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha (1992-y. dan), Zarbdor tumanining markazi. Tumanning jan. da joylashgan. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi — Jizzax sh. dan 30 km sharqda. Aholisi 9 ming kishi (2001). Zarbdorda tuman hokimiyati binosi, un kti, paxta tozalash zdi, avtokorxonalar, dehqon bozori, maishiy xizmat va savdo shoxobchalari, madaniyat saroyi, klublar, 2 umumiy taʼlim maktabi, kasbhunar litseyi, stadion va b. bor. Shaharcha muhim avtotransport yoʻllari yoqasida joylashgan. Viloyat markazi va b. aholi punktlari bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan.