ZARAFSHON-NYUMONT

«ZARAFSHON-NYUMONT» — oltin qazib olish boʻyicha Oʻzbekiston— Amerika qoʻshma korxonasi. Navoiy viloyatining Muruntov shaharchasida joylashgan (Toshkent sh. da vakolatxonasi bor). Korxona muassislari: Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Navoiy konmetallurgiya kombinata (ustav fondining 25% dan), xorijiy ishtirokchi «Nyumont-Oʻzbekiston LTD» (ustav fondining 50%).

Qoʻshma korxonani tashkil qilish toʻgʻrisidagi shartnoma 1992-y. fev. da imzolandi. 1993-y. okt. da texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yakunlandi. Korxona 1993-y. okt. — 1995-y. may oylarida qurildi va il gari kazib olingan, tarkibida oltin miqdori sanoat ahamiyatiga ega boʻlmagan maʼdanlarni qayta ishlash boʻyicha foydalanishga topshirildi. 1995-y. 20-iyunda uyumli tanlab ishkrrsizlantirish jarayonida ostki geoekologik xavfsizlikni taʼminlovchi qatlamsimon toʻsiq (taglik)ning 1bosqichi, 1997-y. 30 yanv. da 2bosqichi foydalanishga topshirildi, 2001-y. mart oyidan uning 3bosqichi qurilishi boshlandi. Loyiha quvvati bir yilda 13,8 mln. t rudani qayta ishlashga moʻljallangan (tarkibida kamida 1,59 g/t oltin boʻlgan rudadan 65%, 1,09 g/t oltin boʻlgan rudadan 55% oltin ajratib olinadi). 2000-y. da 14,1 mln. t rudaga ishlov berildi.

Oʻzbekistonda bu korxona kurilishiga kadar oltin ajratib olishda uyumli tanlab ishqorsizlantirish usuli sanoat darajasida qoʻllanilmagan. 2000-y. dek. da qoʻshma korxona ixtiyoriga 120 mln. t minerallashgan ruda (massa)ni berish va korxona ishini 2012-y. ga qadar uzaytirish toʻgʻrisida qoʻshimcha bitim imzolandi.

Korxonada AQSH, Finlyandiya, Germaniya, Belgiya, JAR va b. kuplab mamlakatlardagi texnologik materiallar va jihozlar yetkazib beruvchi korxonalar b-n oʻzaro aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.

Gennadiy Yablokov.