ZARAFSHON TRAKTI

ZARAFSHON TRAKTI — Oʻzbekistondagi yirik avtomobil yoʻli, Samarqand — Ashxobod avtomobil yoʻlining bir qismi. Zarafshon vodiysining asosiy transport magistrali. Samarqand—Kattaqoʻrgʻon—Navoiy—Buxoro—Qorakoʻl—Olot—Turkmaniston chegarasi yoʻnalishida oʻtadi. 1933—37 y. larda qurilgan. 1965-y. dan qora qorishmali qoplama yotqizilgan. Umumiy uz. 365 km, uning 62 km sementbetonli, 289 km asfaltbeton va 14 km qora qoplamali. Yoʻlning 297 km I toifaga, 57 km II toifaga, 11 km III toifaga kiritilgan. Yoʻlda 2098 m uzunlikdagi 62 koʻprik, 14578 m uzunlikdagi 668 dona kuvur inshootlari bor. 3. t. orqali xalq xoʻjaligining barcha turdagi yuklari va yoʻlovchilar tashiladi. Qatnov jadalligi sutkasiga 10—15 ming avtomobilga yetadi.