ZARAFSHON MUZLIGI

ZARAFSHON MUZLIGI — Olay, Turkiston va Zarafshon tizmalari birbiri bilan qoʻshilgan joydagi muzlik. Mastchoh tog tugunida joylashgan. Uz. 27,8 km, eng keng joyi 2 km, mayd. 43 km2 (irmoqlari bilan birga 132,6 km2), oʻrtacha qalinligi 200 m. Muzlikning 24 km2 qismi morena bilan qoplangan. 3. m. ning umumiy hajmi 14,9 km3. Boshlanish joyining bal. 4900 m, quyi chegarasining bal. esa 2772 m. 30 dan ortiq irmogʻi bor. Eng yiriklari: Tolstoy muzligi (uz. 12 km, mayd. 19 km2), Faraxnov (uz. 14,4 km, mayd. 14 km2), Miramin (uz. 7 km, mayd. 10 km2) va Skachkov (uz. 6,5 km mayd. 9 km2) muzliklaridir. 3. m. ning suv zaxirasi (irmoqdari b-n) qariyb 19 mlrd. m3. Muzlik uchi ancha pastga tushib kelganidan yozda koʻp eriydi. Ad.: Krupneyshiye ledniki Sredney Azii — ledniki Fedchenko i Zarafshanskiy [Rezultatы meteorologicheskix i gidrologicheskix issledovaniy], L., 1967; Kreyter A. A., Nasыrov M. A. i dr., Sovremennoye oledeneniye v basseyne reki Zarafshan, T., 1972; Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969.