ZARAFSHON ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYASI

ZARAFSHON ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYASI — Buxoro vohasidagi arxeologik yodgorliklarni tadqik etish maqsadida tuzilgan dastlabki ilmiy ekspeditsiya (1934, 1939—40). Qad. yodgorliklarni saqlash Uzbekiston komiteti, Davlat Ermitaji, Moddiy madaniyat tarixi inti tomonidan tashkil etilgan bu ekspeditsiyaga A. Yu. Yakubovskiy rahbarlik qilgan. Unda M. M. Dyakonov, V. A. Shishkin, T. Mirgʻiyosov, V. Yu. Kesayev va b. qatnashgan. 1934-y. Buxoro bilan Samarqand oʻrtasidagi qad. karvon yoʻlida arxeologik qidiruv ishlari oʻtkazilgan va bu yoʻl yokasida joylashgan soʻnggi antik hamda ilk oʻrta asr yodgorliklari: Qiziltepa, Shohshahidon, Shahrivayron, Abumuslimtepa, Boʻrixona, Ganchxona, Hazora, Dingak va b. yodgorliklar tadqiq etilgan, shuningdek, Kampir devor qoldiklari oʻrganilgan. 1939—40 y. lar 3. a. e. Poykand sh. xarobalari topografiyasini oʻrgandi, ark va shahristonda dastlabki qidiruv ishlari olib bordi.

Ad.: Yakubovskiy A. Yu., Arxeologicheskaya ekspeditsiya v Zaravshanskuyu dolinu v 1934 g. ; Trudы Otdeleniya Vostoka Ermitaja, t. 2, L., 1940; Yakubovskiy A. Yu., Kratkiy polevoy otchet o rabote Zaravshanskoy arxeologicheskoy ekspeditsii Ermitaja i IIMK v 1939 g. ; Trudы Otdeleniya Vostoka Ermitaja, t. 2, L., 1940.