ZAPROMETOV Nikolay Georgiyevich

ZAPROMETOV Nikolay Georgiyevich (1893.25.12, Toshkent — 1983.1.4, Moskva) — entomolog, fitopatolog olim, Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950), q. x. fanlari dri (1943), prof. (1929). Petrograd un-tini tamomlagan (1916). Turkiston entomologiya styasida ilmiy xodim, Oʻsimliklarni himoya qilish tajriba styasi ftopatologiya boʻlimi mudiri (1918—29). SoyuzNIXI oʻsimliklarni himoya qilish styasi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1929—31). 3. Uzbekistonda fitopatologiya va mikologiya maktabini yaratganlardan biri. Ilmiy ishlari, asosan, mikroflora, zararli fitopatologik mikroorganizmlarning morfologiyasi, biol. si, sistematikasi, madaniy oʻsimliklarning, jumladan, gʻoʻzaning zamburugʻli, bakteriyali kasalliklariga qarshi kurash muammolariga bagʻishlangan. As: Materialы po mikroflore Sredney Azii, T., 1928; Gʻoʻzaning koʻsak va tola kasalliklari, T., 1952.