ZAPOROJYE

ZAPOROJYE (1921-y. gacha Aleksandrovsk) — Ukrainadagi shahar (1806-y. dan). Zaporojye viloyati markazi. Dnepr sohilidagi port. T. y. tuguni. Aholisi 871,0 ming kishi (1997). Qora metallurgiya («Zaporojstal» kti, «Dneprospesstal» zdi va b.) va rangli metallurgiya (titanmagniy kti, alyuminiy zdi va b.), mashinasozlik (elektrotexnika sanoati korxonalari, «AvtoZAZ», «Motorostroitel» i. ch. korxonalari va b.), kimyo va koks kimyosi, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari, Dnepr GES (Dneproges), 4 oliy oʻquv yurti (shu jumladan unt), 3 teatr, oʻlkashunoslik va badiiy muzeylar bor. Z. ga 1770-y. asos solingan.