ZANJILAR

ZANJILAR — 1) 7—9a. larda arab va eroniy qul savdogarlari Zanjibar o. (Sharqiy Afrika)dan Iroqqa keltirgan qullar. Zanjilarni maxsus lagerlarda saqlashgan. Ular Shatt alArab daryosi sohilidagi shoʻrxok yerlarni tozalashda, qoʻriq ochishda, sugʻorish ishlarida, Jan. Irokda selitra qazishda, Xuzistonda shakarqamish ekinzorlarida ishlatilgan. Bagʻdod xalifaligida Zanjilardan maxsus soqchi guruhlari tuzil gan;

2) negroid irqi vakillari (negrlar)ning arabcha va forscha nomi.