ZANJIBAR

ZANJIBAR — Hind okeanidagi orol. Afrikaning sharqiy qirgʻogʻi yaqinida. Tanzaniya tarkibida. Mayd. 1658 km2. Z. ning yer yuzasi payettekislik (eng baland joyi 120 m); marjon ohaktoshlaridan tashkil topgan, karst relyef shakli koʻp. Iklimi ekvatorialmussonli. Yanv. ning oʻrtacha trasi 28°, iyulniki 23°. Yillik yogʻin 1500—2000 mm. Oʻrmonlarning koʻp qismi qirqilib, oʻrni butazorga aylangan, sohilda mangra oʻrmonlari, qalampirmunchoq, kokos palmasi plantatsiyalari bor. Eng katta shahri va porti — Zanjibar. Z. ni 8a. da Ummon arablari egallagan. 1528 — 17a. da Portugaliya mulki, soʻngra Ummon qoʻl ostida boʻlgan. 1856—90 y. larda mustaqil sultonlik (Pemba o. va b. orollar bilan birga), 1890—1963-y. larda Britaniya protektorati, 1963—64 y. lardan mustaqil.