ZANDONACHI

ZANDONACHI — murakkab gulli badiiy bezakli mato. 7a. dan ipak, 10a. dan ip gazlama sifatida shuhrat qozongan. 3. jonli mavjudotlar tasviri (9a. gacha), oʻsimliksimon va handasiy naqshlar bilan bezatilgan. Sidirgʻa 3. Rossiyada mashxur boʻlgan (rus manbalarida «zenden» deb yuritilgan). 10a. arab manbalariga koʻra, Buxoro yaqinidagi Zandona qishlogʻida tayyorlangan (nomi shundan). Zandonachidan kiyimlar, bezak buyumlar (choyshab, yopqich va b.) tayyorlangan. Narshaxiy oʻz asari («Buxoro tarixi»)da Sharkda parcha bilan teng qimmatga ega boʻlgan ip gazlamalar qatorida tilga olgan. 3. Eron, Vizantiya, Suriya, Rossiya va b. mamlakatlarga koʻplab chiqarilgan. 3. namunalari Belgiya (Yun, Lyej sh. soborlari), Fransiya (Nansi sh.), Rossiya (Moskvadagi Qurol aslahalar palatasi, Ermitaj) va b. da saqlanadi.