ZANGIOTA TUMANI

ZANGIOTA TUMANI — Toshkent viloyatidagi tuman. 1933-y. 1 dek. da tashkil etilgan (1992-y. maygacha Kalinin tumani deb atalgan). Hududi Toshkent sh. ning gʻarbi va jan. ga tutash. Shim. da Toshkent tumanы, gʻarbda Qozogʻistonning Jan. Qozogʻiston viloyati, sharqda Qibray, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari, jan. da Yangiyoʻl tumani bilan chegaradosh.

Mayd. 0,22 ming km2. Aholisi 160,6 ming kishi (2002). 3. t. da 2 shaharcha ( Eshonguzar, Oʻrtaovul), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻzsuv, Zangiota, Ittifoq, Nazarbek, Xonobod, ChigʻatoyOqtepa, Erkin, Oʻzgarish, Qatortol) bor. Markazi — Eshonguzar shaharchasi. Tuman nomi shu oʻramdagi Zangiota qishlogʻi nomi b-n bogʻliq. Bu qishloqda 13a. 1yarmida Zangiota yashab oʻtgan. Zangiota majmuasi musulmonlarning katta ziyoratgohiga aylangan.

Tabiati. Zangiota tumani hududi Chirchiqdaryosining oʻng sohilida, shim. gʻarbda qisman Keles daryosining chap sohiliga tutash. Relyefi, asosan, tekis, shim. sharqdan jan. gʻarbga pasayib boradi. Tuman yerlarida juda qadimdan dehqonchilik qilib kelinadi. Tuproklari tipik boʻz tuproq, daryo sohillarida unumdor oʻtloqi tuproq. Tuman xududidan Boʻzsuv, Zax, Yuqori Joʻn, Yuqori Toshkent, Anhor, Tolariq, Barotxoʻja, Nayman kanallari va b. ariqlar oʻtadi. Iklimi moʻtadil issiq. Iyulning oʻrtacha trasi 26,9°, yanv. da —0,9°. Yiliga 350 mm yogʻin tushadi, asosan, qishning ikkinchi yarmi va bahorda yogʻadi. Vegetatsiya davri 263 kun. Tuman hududi butunlay oʻzlashtirilganligi bois yovvoyi oʻsimlik va hayvonlar juda kam qolgan. Foydali qazilmalardan gips, gil va b. qurilish materiallari mavjud, shuningdek, issiq mineral buloklar ham bor. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, tojik, koreys va b. 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 730 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 24,6 ming, qishloq aholisi 136 ming kishi. Xoʻjaligi. Tuman hududidagi sanoat korxonalari, asosan, q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. 20 dan ortiq qoʻshma korxona, 400 dan ziyod kichik va xususiy korxona, 20 dan ziyod sanoat korxonasi, 7 avtokorxona, 100 ga yaqin maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi ishlab turibdi. AQSH, Isroil kompaniyalari bilan birgalikda araq, shampan vinosi, sharbatli ichimliklar, Germaniyaning «Landtexnik» kompaniyasi bilan birgalikda «Moral—125» kombayni, «Gidrav «Ittifoq» qishlogʻi hududidagi sanatoriylika» aksiyadorlik jamiyatida Gollandiya firmalari bilan hamkorlikda q. x. texnikasi va asbobuskunalari ishlab chiqarilmoqda. «Toshkentgoʻsht» aksiyadorlik jamiyati Shim. Irlandiya bilan qoʻshma korxona tuzib faoliyatini kengaytirdi. «MoniMebel LTD» qoʻshma korxonasi plastmassadan rom va eshiklar, «Nur-Bajaxu» qoʻshma korxonasi parolon, OʻzbekistonIsroil «FarVab» qoʻshma korxonasi spirtli va yaxna ichimliklar i. ch., «Virtex-Agro» koʻshma korxonasi parranda goʻshti va tuxum yetishtirishga ixtisoslashgan. Tuman q. x. da sabzavotchilik, sut chorvachiligi, bogʻdorchilik va tokchilik asosiy oʻrin egallaydi. Tumandagi «Boʻzsuv» va «Erkin» shirkat xoʻjaliklari turli sabzavot urugʻlari yetkazib berishga ixtisoslashgan. Tuman xoʻjaliklari poytaxt aholisini hoʻl meva, sabzavot, poliz va b. oziqovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydi. Shunday xoʻjaliklardan «Qoʻyliq» agrofirmasi mashhur. Zangiota tumanining jami ekin mayd. 8,2 ming ga, shundan 7,9 ming ga sugʻoriladigan yerlar. Lalmikor yerlar 344 ga. Chorvachilikda, asosan, sut, goʻsht yetishtiriladi. Qariyb 22 ming bosh qoramol (shu jumladan 8,4 mingdan ortiq sigir), 7,5 ming qoʻy va echki, 439,6 mingdan ziyod parranda bor (2002). «Oʻzbekiston» va «Doʻstlik» parrandachilik fermalari, «Barakat» boʻrdoqichilik fermasi, «Damachi» baliqchilik korxonasi mavjud. 3. t. da transport yoʻllari ancha zich. Tuman hududidan uch yoʻnalishda t. y. (Toshkent—Yangiyoʻl, Keles—Oʻrtaovul va Toshkent—Angren) va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Tuman markazi Toshkent bilan yoʻlovchilar tashish va avtomobil transporti orqali bogʻlangan. Tumandan Toshkent sh. ning «Janubiy» t. y. vokzaligacha 3 km. 2001—2002 oʻquv yilida 43 umumiy taʼlim maktabida qariyb 31 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Kollej, kasbxunar maktabi va b. oʻquv muassasalari bor. Oʻzbekiston FAning Suv muammolari intining tajribaeksperimental xoʻjaligi, Genetika va oʻsimliklar biologiyasi intining tajriba uchastkasida i. t. ishlari olib borilmoqda. 5 kasalxona, 3 poliklinika, 10 qishloq davolash ambulatoriyasi, 21 feldsherakusherlik punktida 360 dan ziyod oliy maʼlumotli shifokor va 1376 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 34 kutubxona, 12 madaniyat uyi, 5 stadion, sport suv havzasi, 2 tennis korti bor. Yiliga 5 ming kishini davolash imkoniyatiga ega boʻlgan «Nazarbek», «Zangiota», «Algoritm» sanatoriylari faoliyat koʻrsatadi. 1965-y. dan «Istikbol» tuman gaz. nashr etiladi (adadi 2000).