ZANG KANALI

ZANG KANALI — Surxondaryo viloyatidagi sugʻorish kanali. Uz. 96 km, suv oʻtkazish imkoniyati 85 m3/sek. Kanal Arpapoya qishlogʻi yaqinida Surxondaryodan suv oladi. 3. k. — kadimgi kanallardan biri (taxm. 9—10a. larda qazilgan), bir necha marta kayta tiklangan. Hozirgi 3. k. deyarli qadimgi kanal oʻrnida 1912-y. qayta qazilgan. 30y. larda AngorTallimaron, 50y. larda Beshqoʻton, Muzrabod massivlari oʻzlashtirilishi bilan kanal uzaytirildi va kengaytirildi. Tallimaron tarmogʻi Muzrabodsoygacha uzaytirildi, 1967-y. da kanalning bosh qismida Jarqoʻrgʻon gidrouzeli qurildi (3. k. shu gidrouzel sistemasiga kiradi). 1972-y. da, Amu-Zang kanali qurilgach, 3. k. Amudaryodan suv ola boshladi. 3. q. Jarqoʻrgʻon, Termiz, Muzrabod tumanlaridagi 60 ming ga yaqin yerni sugʻoradi va Uchkdzil suv omborini suv bilan taʼminlaydi. Kanalning 40 km ga yaqin qismiga beton yotqizilgan. Sugʻorish mavsumidan boshqa davrda kanal suvi Uchkizil suv omboriga beriladi.