ZAMYATIN Yevgeniy Ivanovich

ZAMYATIN Yevgeniy Ivanovich [1884.20.1 (1.2), Tambov gubernyasi (hoz. Lipeskiy viloyati) Lebedyani sh. — 1937.10.3, Parij] — rus yozuvchisi. Peterburgdagi Politexnika intining kemasozlik boʻlimini tamomlagan (1908). 3. adabiy faoliyatini erta boshlagan boʻlsada, «Uezdnoy» (1913) qissasi chop etilgandan keyin haqiqiy yozuvchi sifatida tanildi. «Ajdar», «Fop», «Iks», «Gunohkorlar hamrohi», «Mamay» va b. asarlarida 1917-y. oktyabr davlat toʻntarishidan keyingi shafqatsiz hayotni ayovsiz fosh etadi. «Biz» fantastik romanida (1924) «inqilob beshigi»da roʻy berayotgan zoʻrovonlik, xoʻrlik, huquqsizlik mahorat bilan koʻrsatib berilgan. Shu bois bu romani chet elda (1931) bosilib chikali. 3. 20y. larning oxirlarida «Attila» nomli tarixiy tragediya yozadi. Unda gunnlarkshnt podshohi Attilaning shoh va inson sifatidagi fojiasi bayon qilingan. Bu asarni yozish jarayonida toʻplagan tarixiy hujjatlar asosida «Tangri qamchisi» romanini yaratadi. Roman oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1998).