ZAMCHA

ZAMCHA — qovunning ertapishar navi. Xalq seleksiyasida yaratilgan. Zamchaning sariq Z. va ola 3. turlari bor. Sariq 3. (M. chandalak) ertapishar nav. Zamcha qovun navi. 1—2 — sopol idishlar; 3 — kurakcha; 4 — ayol maʼbuda tanasi. Shakli sal yassi, xdr xil kattalikda. Eng kattasining diametri 15—18 sm. Ogʻirligi 0,8—2 kg. Sirti sal tilimtilim, dum va uch tomoni toʻr bilan qoplangan. Tilimlarni ajratadigan yoʻllari mavjud. Poʻsti yumshoq, eti qalin (4—4,5 sm), xushboʻy, tigʻiz, oʻrtacha shirin, rangi oq yoki och yashil. Tarkibida 6—7,5% qand, 4—6% saxaroza, 8,5—10% quruq modda bor. Urugʻi yirik, uzunchoq, oq. Urugʻidan unib chiqqandan keyin hosili 65—70 kunda pishadi. Asosan, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonda ekiladi. Uzoqjoylarga yuborishga chidamaydi.