ZAMZAMA

ZAMZAMA (sugʻdiycha — sekin ovoz b-n ashula aytish, xirgoyi qilish) — 1) zardushtiylarning marosim duolarini ohista va mayin ohangda oʻqilishi; 2) oʻrta asr musulmon Sharqi tasavvuf anʼanalarida sheʼr va gʻazallarni ohang b-n ijro etish shakllaridan biri. Boqiyo Noiniyning (17a.) «Zamzamai vahdat» («Yolgʻizlik aytimlari») musiqa risolasi mavjud. Ad,: Nizamov A., Sufizm v kontekste muzыkalnoy kulturы Sentralnoy Azii, Dushanbe, 2000.