ZAMZAM

ZAMZAM, Obi zamzam — Makka sh. dagi Almasjid al-Harom sahnidagi muqaddas buloq. Kaʼba yonida boʻlib, hoz. vaqtda pastda — alohida va maxsus joyga oʻtkazilgan suv joʻmraklari orqali ichiladi. Buloqsuvi kengligi bir qarichdan ortiqroq poʻlat quvur orqali chiqadi, oynaband xonada xizmatchilar uni masjidning birinchi, ikkinchi va uchinchi qavati (tomi)ga tarqalishini nazorat qilib turadilar. Suv tarqatgich uskunalar kechakunduz betoʻxtov ishlaydi. 3. tarixi uzoq. Rivoyatlarga koʻra, buloqning paydo boʻlishi Ibrohim (as)ning oʻgʻli Ismoilning tavalludi bilan bogʻlanadi: choʻlda qoldirib ketilgan bibi Hojar chaqalogʻi (Ismoil) dunyoga kelgach, yuvinish va chanqovini bosish maqsadida suv axtarib shu yaqindagi Safo va Marva tepaliklari orasida yetti marta yelibyuguradi. Suv topolmay obdon toliqqan ona chaqalogʻi yoniga qaytsa, uning oyokutari ostidan suv chiqayotganligini koʻradi. Nima qilarini bilmay shoshib qolgan bibi Hojar «zam, zam!» (yaʼni «toʻxta, toʻxta!»), deydi. Boshqa bir rivoyatda onaning mushkul ahvolidan boxabar boʻlgan Jabroil (as) yerdan suv chiqarib bergan, deyiladi. Lekin oradan koʻp asrlar oʻtib buloq koʻzi yopilib qoladi. Vaqti kelib Muhammad (sav)ning buvasi Abdulmutallib buloq koʻzini qayta ochadi. 3. Qurʼoni karimda tilga olingan. 3. suviga yuzqoʻllarni yuvish, undan ichish haj va umra amallarini bajarishning muhim belgisi hisoblanadi. Ziyoratchilar qaytishda undan olib ketib koʻpchilikka tarqatadilar. Hozir Makkada suvni turli hajmdagi idishlarga quyadigan moslama ishga tushirilgan. 3. suvi oʻziga xos xususiyatga ega. Tarkibi kishi organizmi uchun foydali maʼdanlarga boyligi, oshqozonichak, qon tomiri va b. baʼzi kasalliklarga davo ekanligi aniqlangan. Qudrathoji Axmerov.