ZAMAXSHAR

ZAMAXSHAR, Zmuxshir, 3umukshir — Xorazmdagi qad. shahar, baʼzi maʼlumotlarga koʻra qishloq; Mahmud ibn Umar Zamaxshariy vatani. Hoz. Turkmanistonning Toshhovuz viloyati Taxta tumanidagi qishloq oʻrnida boʻlgan. 3. arab geografi Muqaddasiy asarida shunday taʼriflangan: «… uncha katta boʻlmagan qishloq, unda devor, xandaq, qamoqxona, temir bilan qoplangan darvozalar, har kecha koʻtarib qoʻyiladigan koʻpriklar bor. Uni katta yoʻl kesib oʻtadi; jome masjidi chiroyli. U bozorning chetiga joylashgan». V. V. Bartold fikricha, 3. Xivadan 80, Koʻhna Urganchdan 125 chaqirim keladigan Zumukshir xarobalari oʻrnida boʻlgan. Turkmanlar uni Izmixshir deb atashgan. 3. xarobalarini M. V. Voyevodskiy (1934), Ya. Gʻulomov (1936), SP. Tolstov (1938) boshchiligidagi ekspeditsiyalar tekshirgan.