ZALKALN

ZALKALN, Zalkalns Teodor [1876.18 (30).11, hoz. Latviyaning Riga tumani — 1972.6.12, Riga] — latish haykaltaroshi, Xalq rassomi (1957), BA ning haqiqiy aʼzosi (1947), Mehnat Qahramoni (1971). Peterburg (189399), Parij (18991901, O. Roden ustaxonasi)da tahsil koʻrgan. 1920-y. dan Rigada yashagan. Latviya BAda haykaltaroshlik kafedrasi mudiri (prof., 1944—58). 3. asarlari umumlashma shakli, tektonikasining katʼiyligi bilan ajralib turadi. Portretlar («A. Kirxenshteyn», gips, 1946; «F. Blumbax», terrakota, 1956 va b.), qabr toshlar («Ya. Poruk», granit, 1930; «O. Latsis», granit, 1945 va b.), haykallar («R. Blaumanis», granit, 1929; «A. Kronvald», bronza, 1938 va b.), animalistika asarlari, medallar yaratgan.