ZALTIKAT

ZALTIKAT — Toshkent viloyatining Zangiota qishlogʻi oʻrnida boʻlgan qad. shahar xarobasi (6—15a. lar). 3. Binkatdan Samarqandga boradigan savdo yoʻlidagi dastlabki yirik markaz boʻlgan (Istaxriy). 3. katta tepa (220×400 m2) va uning jan. sharqida joylashgan ikki kichik tepadan tashkil topgan. Katta tepaning shim. sharqiy burchagida ark (200 m2) joylashgan. Uning qalin devori (1,5 m) xom gʻishtdan (40x40x10x14 kub sm) ishlangan boʻlib, 5 m gacha balandlikda sakdangan. Turar joy qoldiqlari, sopol idishlari, taqinchoqlar topilgan.