ZALVAR MASSA

ZALVAR MASSA, maxovik — poʻlat yoki choʻyandan yasalgan katta gardishli gʻildirak. Porshenli dvigatellar, kompressorlar, nasoslar va b. mashinalarning yetakchi valiga, valning bir tekisda aylanishini taʼminlash uchun oʻrnatiladi. 3. m. aylanuvchi tizimning burchak tezligi oshgan paytdagi kinetik energiyani toʻplaydi (akkumulyatsiyalaydi), burchak tezlik pasaygan paytdauni valga beradi. Bulardan tashkari 3. m. porshenli dvigatellarda porshenning chekka holatlar (yuqorigi va pastki) ni yengib oʻtishga imkon beradi. Inersion dvigatellarda 3. m. yigʻgan energiyadan mashinani yurgizib yuborishda foydalaniladi (q. Jirobus).