ZAKSENXAUZEN

ZAKSENXAUZEN (Sachsenhausen) — nemis fashistlarining Potsdam sh. yaqinidagi konslageri. 1936-y. da tashkil etilgan. Lagerda 100 mingdan ortiq mahbus oʻldirilgan. 1945-y. apr. da Sovet Armiyasi tomonidan ozod etilgan. 1961-y. da Zaksenxauzenda xalkaro muzey tashkil qilingan.