ZAYDON

ZAYDON Jurji (1861.14.12, Bayrut — 1914.21.8, Qohira) — arab yozuvchisi, publitsist va olimi. Bayrutdagi tibbiyot kollejida oʻqigan (1881—82). 19-a. 80-y. larida Misrga koʻchib kelib, «Al-Hilol» jur. (1892)ni tashkil qilgan. 3. yangi arab adabiyotida tarixiy roman janriga asos solgan. U «Islom tarixidan qissalar turkumi»ni tashkil etgan 17 ta tarixiy roman muallifi («Gʻassonlik qiz», 1895 — 96; «Horun ar-Rashidning singlisi», 1906; «Fargʻona kelini», 1907—08 va b.). Mazkur romanlarda 7—13-a. larda roʻy bergan tarixiy voqealar bayon qilingan. «Fargʻona kelini» romanidagi voqealar Markaziy Osiyoda arablar istilosi davri (7-a. oxiri va 8-a. boshlari)da roʻy bergan. «Mamluklar zulmi», (1893) romani tarixiy mavzuda, «Usmonli turklar davlat toʻntarishi» (1911) romanida esa muallif oʻzi yashagan davrdagi voqealarni qalamga olgan. 3. koʻpgina ilmiy asarlar muallifi: «Islom madaniyati tarixi» (1902—06); «Arab tili tarixi» (1904); «Arab adabiyoti tarixi» (1911 — 14) va b. Asarlari dunyoning koʻpgina tillariga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Fargʻona kelini», 1971).