OʻGʻRILIK

OʻGʻRILIK — jinoyat huquqida oʻzganing molmulkini yashirin ravishda talontoroj qilish. Oʻzbekiston Respublikasi JKda Oʻgʻrilik qanday sodir etilganligi (kissavurlik, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, yo boʻlmasa koʻp miqsordagi molmulkning oʻgʻirlanishi, uyushgan guruh tomonidan sodir etilishi va boshqalar) ga qarab jazo belgilangan (JK, 169-modda). Esʼhushi joyida boʻlgan va 14 yoshga toʻlgan shaxs Oʻ. shaklidagi oʻzgalar mulkini talontoroj qilishning subyekti boʻlishi mumkin.