OʻZAL

OʻZAL Turgʻut (1927.13.10, Malatiya, Turkiya, — 1993.17.4, Anqara, Istanbulda dafn etilgan) — Turkiya davlat va siyosat arbobi. 1980—82 yillarda davlat vaziri, 1983—89 yillarda bosh vazir, 1989 yil 9 noyab. dan Turkiya prezidenti. Istanbul texnika un-tini tugatgan (1950); xususiy kompaniyalarda oʻqituvchilik qilgan. «Ona vatan» partiyasini tuzgan. 1983—89 yillarda partiyaning bosh raisi. Oʻzal qatʼiy islohotlar oʻtkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yoʻliga olib chiqdi. Uning ochiq iqtisodiy siyosati natijasida ishlab chiqarish eksportga yoʻnaltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va Turkiya iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm yuqori darajada taraqqiy topdi. Oʻzal 1993-yil 4—7 apr. rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan.