OʻGʻLONJON OTA MAQBARASI

OʻGʻLONJON OTA MAQBARASI — Qamashi shahridagi meʼmoriy yodgorlik (18—19-asrlar). Maqbara toʻrtburchak tarhli, peshtoqgumbazli; pishiq gʻishtdan qurilgan. Bosh tarzidagi peshtogʻiga yassi ravoqlar, burchaklariga guldastalar ishlangan. Sagʻana joylashgan xonaning ichki devorlari ravoqli.