OʻLCHAM

OʻLCHAM — narsaning kattakichikligi va hajmini ifodalaydigan raqam. Chiziqli, hajmiy, burchakli, ichki, tashqi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Narsalarning vazni (massasi) ga doir raqamlar oʻlchovlar (mas, ogʻirlik oʻlchovi) deb ataladi. Chiziqli Oʻlcham narsaning uzunligi, eni, qalinligini bildiradi. Asosan, mm, sm va m bilan oʻlchanadi. H ajmiy Oʻlcham narsaning hajmini bildiradi. Asosan, mm3, sm3, dm3, m3 va l (litr) bilan oʻlchanadi. Burchakli Oʻlcham (toʻgʻri, oʻtkir va oʻtmas) burchaklarning kattakichikligini bildiradi. Gradus bilan oʻlchanadi (G = 60ʻ = 3600»; bu yerda ʻ — burchak minutlari, «— burchak sekundlari). Ichki va tashqi Oʻlchamlar narsa (mas, quvur) ning ichki diametrini (kattakichikligini) bildiradi. Asosan, mm, sm va m bilan oʻlchanadi.