OʻLJA

OʻLJA — 1) urushda zafar quchgan gʻoliblar tomonidan qoʻlga kiritilgan qurolyaroq, jangovar texnika va harbiy asbobanjomlar. Oʻrta asrlarda oʻzgalar yurtini gʻorat qilish oqibatida qoʻlga tushirilgan molmulk, harbiy aslaha va asirlar ham Oʻlja deb yuritilgan. Odatga koʻra, lashkar qoʻlga olgan Oʻlja bir yerga jamlanib, soʻng 5 ulushga boʻlingan. Oʻljaning bir qismi hukmdorga berilgan, qolgan 4 qismi esa sarkardalar va jangchilar oʻrtasida martabasiga qarab taqsimlangan. Baʼzan Oʻljani taqsimlash muayyan ziddiyatlarga sababchi boʻlgan. Jumladan, Parvon jangitsa moʻgʻullarni tormor etgan Jaloliddin Manguberdi qoʻliga tushgan ulkan Oʻlja ichidagi arab otiga egalik qilish xususidagi Amin Malik hamda Sayfuddin Igʻroq oʻrtasidagi bahsning adolatli hal qilinmaganligi oxiroqibat sulton kuchining zaiflashuvi va Sind daryosi boʻyidagi jangaa magʻlubiyatga olib kelgan edi;

2) ovda qoʻlga tushiriladigan, tutib yoki otib olinadigan jonzotlar ham «Oʻlja» istilohi bilan nomlangan. Qoraxoniylar davrida Oʻlja «barku» hamda «yarmaqan» atamalari bilan atalgan. Eski oʻzbek tilida Oʻlja maʼnosida arabcha «gʻaniymat» atamasi ham qoʻllangan.