OʻZELEKTRAPPARAT AKSIYADORLIK JAMIYATI

«OʻZELEKTRAPPARAT» AKSIYADORLIK JAMIYATI — energetika mashinasozligining yirik korxonasi. «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi tarkibida. Toshkent shahrida joylashgan. Past voltli butlovchi uskunalar va past voltli asbobapparatura (elektr styalar energobloklari podstansiyalari va boshqalar uchun shchit qurilmalari, katod himoyasi st-yalari, boshqarish pultlari, rele qurilmalari va boshqalar) ishlab chiqaradi. 1941 yil 15-oktyabrda Toshkentga evakuatsiya qilingan Xarkov «Elektr stanok» mashinasozlik z-di uskunalari bazasida Toshkent «Elektr stanok» z-di nomi bilan tashkil etilgan va elektr jihozlari hamda front uchun minalar ishlab chiqargan. 1946-yilda bu zd Moskvadan evakuatsiya qilingan «Yuqori chastota toklari» z-di bilan birlashtirilib Toshkent elektr texnika z-diga aylantirildi. Urushdan keyingi davrda turli elektr jihozlari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 1971 — 91 yillarda Oʻrta Osiyo «Elektrapparat» ishlab chiqarish birlashmasining bosh korxonasi [birlashma tarkibiga Toshkent plastmassa buyumlari z-di, «Toshelektromash» z-di, Andijon «Elektrapparat», Marhamat (Andijon viloyati), Adrasmon (Tojikiston), Olmaota past voltli apparatlar zdlari, Butunittifoq relesozlik ilmiy tekshirish institutining Toshkent boʻlimi kirgan].

1994-yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 2005-yildan korxona Oʻzbekiston — Rossiya — Britaniya qoʻshma korxonasi — aksiyadorlik jamiyati. Korxona mahsulotlari 1994—99 yillarda xalqaro koʻrgazmalar va tanlovlarda 14-marta (Madrid, 1994; Mexiko, 1995; Parij, 1995; Jeneva, 1996; Rim, 1999 va boshqalar) sifat sovrinlariga sazovor boʻlgan. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. 2004-yilda 1,14 mlrd. soʻmlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi.