OʻZGARUVCHAN VA OʻZGARMAS MIQDORLAR

OʻZGARUVCHAN VA OʻZGARMAS MIQDORLAR — maʼlum mulohaza doirasida turli qiymatlarni yoki mos holda faqat 1 ta qiymatni qabul qiladigan miqdorlar. Odatda, son qiymatli, vektor va matritsa qiymatli funksiyalarga nisbatan qoʻllanadi. Matematikada dastlab faqat oʻzgarmas miqdorlar — sonlar, maʼlum figura oʻlchovlari bilan ish koʻrilgan. 17-asr da tabiatshunoslik, xususan texnikaning taraqqiyoti taqozosi bilan harakat va boshqalar jarayonlar oʻrganila boshlandi. Ikkinchi tomondan algebrada harfiy timsollar vujudga kelishi va analitik geometriyaning yaratilishi oʻzgarmas mikdorlardan oʻzgaruvchi miqdorlarni oʻrganishga oʻtish uchun qulay asos yaratildi. Differensial hisob va integral hisob yaratilgach. Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas miqdorlar va oʻ. m. mexanik harakat va boshqalarga fizik jarayonlarning matematik ifodasi sifatida qaraldi. Keyinchalik bu tushunchalar aniq matematik taʼrif beriladigan oʻzgaruvchi, funksiya, dinamik sistema holati va trayektoriyasi kabi tushunchalar bilan almashdi. Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas miqdorlar va oʻ. m. esa, asosan, matematik tushuncha va teoremalarni fizik izohlash vositasi boʻlib qoldi.