OʻZGARMAS TOK GENERATORI

OʻZGARMAS TOK GENERATORI — oʻzgarmas tokni generatsiyalaydigan (hosil qiladigan) elektr mashina. Asosan, stator, yakor (rotor) va chulgʻamlar (sim oʻramlari)dan iborat. Aylanuvchi qismi (yakori)ning chulgʻamida induksiyalanuvchi oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka oʻzgartiradi. Oʻzgarmas tok generatorining uygʻotish tizimiga bogʻliq boʻladi. Oʻz-oʻzidan uygʻotishli, mustaqil uygʻotishli va aralash uygʻotishli Oʻzgarmas tok generatori lari mavjud. Oʻzgarmas tok generatori bir necha Vt dan bir necha ming kVt gacha quvvatga, bir necha V dan bir necha ming V gacha kuchlanishga moʻljallab ishlab chiqariladi. Oʻzgarmas tok generatori prokat stanlarida, aerodinamik trubalarda, ekskavatorlar va boshqalarda ishlatiladi (q. Generator).