OʻZBEKIT

OʻZBEKIT — suvli vanadatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Si3[U04]2ZN,0. Tarkibida oz miqdorda M§, 2p, 5g, Va, T1 va N1 mavjud. Oʻzbekit ilk bor 1926 yil Oʻzbekistondagi Qorachagʻir togʻlarida topilgan. Keyinchalik Ogʻalik, Temirqobiq, Qizilqumda ham Oʻzbekit mavjudligi aniqlangan. Tabiatda qushaloq kristallar, sharsimon va yupqa agregatlar holida uchraydi. Rangi toʻq yashil, olmosdek yaltiraydi. Qattiqligi 3; zichligi 2—3 g/sm3. Oʻ. tarkibida vanadiy boʻlgan uglerodli slaneslarning oksidlanish zonasida paydo boʻladi. Folbortit, xyuetit, pintadoit va vanadiyning boshqa minerallari bilan assotsiatsiyada uchraydi. Vanadiy va misning birlamchi minerallari uchun darakchi hisoblanadi.