OʻZBEKISTONDA IJTIMOIY FANLAR

«OʻZBEKISTONDA IJTIMOIY FANLAR» («Obshestvennme nauki v Uzbekistane») — Oʻzbekiston FAning ijtimoiygumanitar fanlar masalalarini yorituvchi ilmiy jurnali. Toshkentda yiliga 6-marta oʻzbek va rus tillarida yaxlit holda nashr etiladi. Dastlab (1957—60) «Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axboroti. Ijtimoiy fanlar seriyasi» nomi bilan nashr etilgan, 1960 yil oktyabrdan hoz. nomda. Jur. nashrining tashabbuskori va birinchi bosh muharriri akad. I. M. Moʻminov boʻlgan.

Jur. da iqtisodiyot, falsafa, huquq, shuningdek, sharqshunoslik va tarix fanlari (etn., arxeologiya, numizmatika, sanʼat tarixi va boshqalar) boʻyicha materiallar eʼlon qilinadi. Asosiy eʼtibor Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik sharoitida rivojlanishi, bozor munosabatlarini qaror toptirish, haqiqiy demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va xalqni mustaqillik mafkurasi, yuksak maʼnaviyat va eng yaxshi milliy anʼanalarga sodiqlik ruhida tarbiyalash muammolariga qaragiladi.

Jur. da «Ilmiy axborot», «Fan yangiliklari», «Tarix sahifalari», «Tarixnavislik», «Manbashunoslik», «Yangi kitoblar» ruknlari bor. Unga turli yillarda Oʻzbekiston FA akad.

lari I. M. Moʻminov, M. K. Nurmuhamedov, E. Yu. Yusupov, I. I. Iskandarov va A. R. Muhammadjonovlar muharrirlik qilishgan. 2004-yildan bosh muharriri iqtisodiyot fanlari d-ri A. Qodirov. Adadi 350 nusxa (2005).