OʻZBEKISTON MUSKATI

OʻZBEKISTON MUSKATI — xoʻraki va vinobop uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik intining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasida Kattaqoʻrtn va Aleksandriya muskati navlarini chatishtirib chiqarilgan (AM.

Negrul, M. S. Juravel). Tupi kuchli oʻsadi, bargi oʻrtacha, toʻgarak, sal kerriq, poʻsti qalin, etdor, sershira, karsillaydi, muskat taʼmli. Tarkibida 22—25% qand, 4—4,5% kislota bor. Hosili faol harorat yigʻindisi 2900 — 3000° da 156 —160 kunda, sentyabr boshlarida pishib yetiladi. Hosildorligi 400—450 s/ga. Yangiligida yeyiladi, sifatli mayiz tayyorlanadi. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidami past (tupi qishda koʻmiladi). Zararkunandalarga chidamli. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi (yana q. Muskat).