OʻZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI

«OʻZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI» DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI — koʻp jiddli Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (OʻzME), soha ensiklopediyalari, izohli va koʻp tilli lugʻatlar, maʼlumotnomalar tayyorlash va nashr etishga ixtisoslashgan ilmiymaʼrifiy muassasa. Nashriyotning dasturiy yoʻnalish faoliyatiga, shuningdek, oʻzbek xalqining boy tarixiy, madaniy va adabiy merosiga, milliy qadriyatlarga oid, tibbiyot, sogʻlom avlod, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, turizmga doir ilmiy, ilmiyommabop, badiiy adabiyotlar, oʻquv darsliklari hamda oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish ham kiradi. Toshkent shahrida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20-martdagi qarori bilan tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi qarori asosida nashriyotga Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti qoʻshilishi munosabati bilan qayta tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi tizimida.

Nashriyotda 11 ta ilmiy tahririyat va boʻlim (OʻzME ushbu jildining sarvaragʻi orqasidagi roʻyxatga q), shuningdek, oʻquv adabiyotlari va tezkor nashrlar tahririyati, sport va turizm tahririyati, ishlab chiqarish, dizayn va kompyuter va boshqalar xizmat boʻlimlari bor. Nashriyotga ilmiymetodik rahbarlikni jamoatchilik asosida ishlaydigan Bosh tahrir hayʼati (universal ensiklopediyaga) amalga oshiradi. Uning tarkibiga yirik olimlar, jamoat arboblari, nashriyot rahbarlari kirgan. Bosh tahrir hayʼati OʻzMEning gʻoyaviy, ilmiy, tahririy va badiiy darajasini oshirishda, maqolalar mezonyni belgilashda, soʻzliklarni tasdiqlash, murakkab va munozarali masalalarni hal etishda qatnashadi, har bir jild materiallarini nashrga tavsiya etadi.

Nashriyot ilmiy tahririyatlari huzurida fan sohalari boʻiicha ilmiymaslahat kengashlari ham tuzilgan. Ularning aʼzolari Bosh tahrir hayʼati aʼzolari rahbarligida ishlaydi hamda muayyan sohaning soʻzligi va maqolalarini koʻrib chiqib, tasdiqlaydi.

Nashriyot oʻtgan davr mobaynida 60 dan ortiq nomda turli fan sohalari boʻyicha ensiklopediyalar va izohli lugʻatlar, maʼlumotnomalar, lugʻatlar, ommabop kitoblar nashr etdi. Bular orasida «Oʻzbekiston Respublikasi», «Toshkent» (rus va oʻzbek tillarida), «Paxtachilik» (2 j. li, rus tilida), «Uyroʻzgʻor», «Salomatlik ensiklopediyalari», «Hadis» (1—4jiddlar; 4-marta nashr etildi), «Uyroʻzgor», «Bolalar ensiklopediyasi» (3-marta nashr etildi), «Xotin-qizlar ensiklopediyasi» (3-marta nashr etildi), «Ish yuritish» (4-marta nashr etildi), «Islom eniiklopediyasi», «Buyuk ipak yoʻli» (rus tilida), «Oʻzbekiston Respublikasi» (rus, oʻzbek va ingliz tillarida), «Oʻzbek ismlari izohli lugʻati», «Neft va gaz boʻyicha ensiklopedik izoxli lugʻat», «Fizikadan izohli lugʻat», «Tilshunoslik terminlari izohli lugʻati», «Ruschaoʻzbekchaxitoycha soʻzlashgich», «Oʻzbekchaarabcha lugʻat», «Samarqandiya», «Termiz tazkirasi», «Maʼnolar maxzani» (oʻzbek xalq maqollarining izohi) va boshqalar adabiyotlar, oʻrta maktab, kasb-hunar kollejlari, tibbiyot maktablari uchun darsliklar bor. Oʻzbekiston FA Til va adabiyot instituti bilan birgalikda 4 jildli «Oʻzbek tilining izohli lugʻati» nashri ustida ish olib borilmoqda. 2004-yilda nashriyot 84 nomda, 1429,3 nashriyothisob tabogʻida, 942,1 ming nusxada bosma mahsulot chiqardi.

Murodjon Aminov.