OʻZBEKISTON ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI

OʻZBEKISTON ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI — huquqni muhofaza qilish organlari uchun xodimlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasasi. 1994 yil 2-sentyabrda tyshkil qilingan. Ichki ishlar organlari yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish akademiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Akademiya tarkibiga ichki ishlar organlari zobitlarini tayyorlash oʻquv kurslari, zobitlar malakasini oshirish fti, oliy akademik kurslar, ichki ishlar organlari serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari, 21 kafedra, 14 boʻlim, turli yordamchi xizmatlar kiradi. Akademiyada oʻqish muldati: ichki ishlar organlari zobitlari ixtisosliklari boʻyicha 4 yil, ichki ishlar organlari boshqaruvini tashkil etish boʻyicha 1 yil, serjantlar tayyorlash boʻyicha 6 oy. Tinglovchilarga ijtimoiygumanitar, iqtisodiyot fanlari, maxsus va umumiy yuridik fanlar oʻqitiladi, amaliy faoliyatning ilgʻor shakl va uslublari oʻrgatiladi. Ularga Oʻzbekiston FAning 3 akademigi, 19 fan d-ri va 13 prof., 87 fan nomzodi va 39 dotsent bilim beradi.

Akademiyada 14 ta muammo boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular asosan ichki ishlar organlarining jamoat tartibini muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini, Ichki ishlar vazirligi oliy oʻquv yurtlarila oʻquvtarbiya jarayoni shakl va uslublarini takomillashtirishga qaratilgandir. Bu borada bir necha ilmiy asarlar, darslik va qoʻllanmalar yaratildi, 1998-yildan «Huquq—Pravo—Gash» ilmiynazariy yuridik jur. (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) chop etiladi. Akademiya AQSH, Yaponiya, Germaniya, Vengriya. Shvetsiya, Rossiya va Ukraina davlatlari oʻquv yurtlari va huquqtartibot organlari, shuningdek, AQSH Adliya vazirligi, Xalqaro Qizil Xoch va boshqalar xalqaro tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatgan. 1999-yildan buyon Akademiya tarixi muzeyi ishlab turibdi. 4 ta zamonaviy oʻquv binosi, 2 ta yotoqxona, mehmonxona, 14 ta maʼruzalar zali, 130 oʻquv auditoriyasi va oʻquvuslubiy xonalari, 500 ming nusxadan ortiq asarga ega 3 ta kutubxona, bosmaxona, shahardan tashqaridagi harbiydala oʻquv markazi, dam olish uyi, uchta zal va basseyndan iborat sport majmuasi, stadion, sport maydonchalari, otish tiri, kriminalistik poligon, telemarkaz va boshqalar bor.

Akademiya sportchilari Oʻzbekiston milliy terma jamoalari tarkibida turli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, 320 dan ortiq medalni (shundan 50 tasi oltin) qoʻlga kiritgan. Akademiya huzurida Oʻzbekiston xotin-qizlar sambo federatsiyasi tuzilgan.