OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI

«OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI» — ilmiy-nazariy va ijtimoiy jurnal. Oʻzbekiston Respublikasi FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti nashri. 2 oyda 1-marta chiqadi. 1958 yil Oybek asos solgan. Dastlab 1958—62 yillarda 3 oyda 1-marta «Oʻzbek tili va adabiyoti masalalari» nomi bilan chop etilgan. 1963-yildan hoz. nomda. Jur. da oʻzbek tili va adabiyoti, folklor sohalarida olib borilayotgan i. t. lar, bahsmunozaralar, shuningdek, adabiyotshunoslik, tilshunoslik va folklorshunoslikka oid nazariy masalalar yoritib boriladi. «Adabiyotshunoslik», «Tilshunoslik», «Folklorshunoslik», «Ilmiyadabiy muloqot», «Muhokama. Munozara», «Tanqid va taqriz», «Ilmiy axborot», «Ilmiy hayot», «Fanimiz zahmatkashlari» ruknlari ostida mumtoz va zamonaviy til va adabiyotni oʻrganishning muhim masalalari, jahon soʻz sanʼatidagi ilgʻor tajriba va tamoyillar, istiqlol davri adabiyotining yetakchi xususiyatlari atroflicha yoritiladi. «Meros» rukni ostida esa oʻzbek mumtoz ilmiy va adabiy merosidan namunalar berib boriladi.

Jur. ga Oybek (1958—68), K. Yashin (1969-1981), A. Hayitmetov (1982-87), B. Nazarov (1987-93), A. Hojiyev (1994—98), T. Mirzayev (1999-yildan) va boshqalar muharrirlik qilgan. Adadi 1500 (2005).