ISMOIL I

ISMOIL I Safaviy (1487.17.7 — 1524.23.5) Eron shohi (1502-y. dan), Safaviylar davlati asoschisi, sarkarda, shoir. Qizilboshlilar yordamida Ozarbayjonni (1500—01), Tabrizni (1502) egallab, oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Tez orada Eron, Armaniston, Iroq va Movarounnahrning bir kismini bosib olgan (1503—10). Ismoil I davrida Safaviylar davlati ancha kengaygan. 1512-y. I. I qoʻshinlari Boburga Samarqand taxtini egallashga yordam beradi. Lekin, 1513-y. boshida oʻzbek sultonlari Ubaydulla va Muhammad Temur qoʻshinidan qattiq zarbaga uchradi. Usmonli turklar bilan boʻlgan urushda Ismoil I yengilgach (1514), oʻz qoʻl ostidagi Gʻarbiy Armaniston, Kurdiston va Iroqning bir qismidan ajradi. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishga intilgan; maʼmuriy idoralar faoliyatini mustahkamlagan; mustaqil boʻlishga harakat qilgan koʻchmanchi zodagonlar bilan urush olib borgan. Islomning shia mazxabini davlat dini deb eʼlon qilgan. Turkiyzabon sheʼriyatning rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan. Ismoil I oʻqimishli kishi boʻlib, olim, shoir va musavvirlarga homiylik qilgan, Xatoiy taxallusi b-n sheʼrlar yozgan. Ismoil I gʻazallar, «Oʻnta xat» epik dostoni (1506), «Nasihat kitobi»ning mualli-fi.

Ad.: Efendiyev O. A., Obrazovaniye azerbaydjanskogo gosudarstva Sefevidov v nachale XVI v., Baku, 1961.