Avtomobil toifalari haqida
Ko‘pchilik so‘ragani uchun izoh:
N1 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari;
N2 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 12 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari;
N3 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 12 t dan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari.
M1 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari. Ya’ni oddiy yengil mashina.
Ko‘pchilik stikersiz yurish istisno qilinadigan mashinalar ro‘yxatida M1 bor, demak shaxsiy yengil avtomashinamga ham ruxsat bor, deb tushunishmoqda. Ammo e’tiborli jihati, M1 toifadagi mashinalarga faqatgina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kelayotgan bo‘lsagina mumkin va yana asosiysi faqat bir nafar yo‘lovchi bilan ruxsat etiladi. Shunchaki ko‘chaga yengil mashinangizni haydab chiqa olmaysiz.