OIV — immunitet tizimidagi T hujayralariga (CD4 hujayralari) hujum qiluvchi virus. OITS — bu infektsiyaning rivojlangan bosqichida paydo bo’ladigan sindrom.
OIV (ba’zi manbalarda OITV) — bu virus.
OITS — bu salomatlik holati.
Virusning yuqishi OITS rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Biroq, OIV yuqganda har doim ham immunitet tanqisligi sindromi rivojlanavermaydi. Davolashsiz OIV infektsiyasi rivojlanishi mumkin va oxir-oqibat u ko’pchilik hollarda OITSga aylanadi. Bundan so’ng, inson uni har doim tibbiy tarixida olib boradi.
OIV — inson immunitetining hujayralari va muhim organlarni jarohatlaydigan retrovirus.
OIV bir odamdan boshqasiga qon yoki jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin. Virus antiretrovirus terapiya (ART) bo’lmaganda rivojlanadi. ART odam immunotanqislik virusi o’sishini sekinlashtiradi yoki oldini oladi.
Virus rivojlanishining darajasi odamlar orasida keng tarqalgan va ko’plab omillarga bog’liq. Ushbu omillar quyidagilardir:
Jinsiy aloqa orqali yuqishi — bu infektsiyalangan jinsiy suyuqliklar (og’iz bo’shlig’i, rektal, genital yoki shilliq pardalari) bilan aloqa qilganda yuzaga kelishi mumkin. Bu vaginal, oral va anal kabi himoyalanmagan jinsiy aloqa vaqtida sodir bo’lishi mumkin.
Perinatal uzatish — ona tug’ruq paytida, homiladorlik paytida, shuningdek, emizishda infektsiyasini bolaga yuqtirishi mumkin.
Qon quyish orqali yuqish — hozirgi vaqtda qon quyish orqali OIV yuqtirish xavfi rivojlangan mamlakatlarda juda ehtiyotkorlik bilan tekshiruv va ehtiyot choralari tufayli juda past. Shu bilan birga, giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar yoki bemorning qoni bilan zararlangan shpritslarni qayta ishlatish oqibatida kasallik yuqish xavfi juda yuqori.
Ko’p hollarda OITS (SPID) belgilari bakteriyalar, viruslar, zamburug’lar va / yoki parazitlarning rivojlanishi sabab yuzaga keladi. Ushbu holatlar odatda tanani infektsiyadan himoya qiladigan sog’lom immun tizimiga ega bo’lganlarda rivojlanmaydi.
OIVga chalingan ko’plab odamlarda OITS alomatlari va belgilari bir necha oy yoki hatto yillar davomida uchramaydi. Boshqalarda gripp va shamollashga o’xshash alomatlar rivojlanishi mumkin, ular odatda virus yuqgandan 2-6 hafta o’tgach kuzatiladi.
Kasallikning ning birinchi belgilari quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
Ko’pgina hollarda OITSning dastlabki alomatlari yo’qolib ketganidan keyin ko’p yillar davomida qo’shimcha kasallik alomatlari kuzatilmaydi.
Shu vaqt ichida virus rivojlanib, immun tizimi va tana a’zolariga zarar yetkazishda davom etadi. OIVni replikatsiyalashga qarshi dori vositalarisiz ushbu jarayon o’rtacha 10 yilgacha davom etishi mumkin. Infektsiyalangan odamda odatda hech qanday alomat kuzatilmaydi, u o’zini yaxshi his qiladi va sog’lom ko’rinadi.
Agar bemor davolanmasa, OIV insonning infektsiyalar bilan kurashish qobiliyatini zaiflashtiradi. Odam organizmi jiddiy kasalliklarga qarshi kurasha olmaydi. Hatto oddiy shamollash ahm juda og’ir shaklda kechadi. Aynan ana shu bosqich OITS deb ataladi.
OIV infektsiyasinining oxirgi davrlardagi alomatlari quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
OIV infektsiyasining oxirgi bosqichlarida hayotga xavf tug’diradigan kasalliklarni rivojlanish xavfi ancha yuqori. Odatda hayot uchun xavfli kasalliklarni, virusni davolash uchun kerak preparatlardan tashqari, tegishli dori-darmonlar bilan boshqarish, oldini olish va davolash mumkin.
OIV va OITS haqida ko’plab noto’g’ri tushunchalar mavjud. Virus quyidagi hollarda yuqmaydi:
CDC (kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari) ma’lumotlariga ko’ra, har 8 ta OIV bilan kasallangan amerikaliklarning bittasi o’zlarining holatidan bexabar.
Tashxis virus mavjudligini aniq ko’rsatadigan qon tahlili yordamida amalga oshiriladi. Agar virus topilgan bo’lsa, test natijasi «ijobiy» bo’ladi. Qon bemorga kasallik mavjud deya xabar berilgunga qadar bir necha marta qayta tekshiriladi.
Agar biron kishi virusga duchor bo’lsa, ular imkon qadar tezroq sinovdan o’tishi juda muhimdir. OIVning tezroq aniqlanishida, davolanishning muvaffaqiyatli bo’lishi ehtimoli ko’proq. Bundan tashqari, uyda o’tkazsa bo’ladigan test vositasidan foydalanishingiz mumkin.
Virus yuqganidan so’ng, virus test natijasida ijobiy natija berishi uchun 3 haftadan 6 oygacha vaqt ketishi mumkin. Qayta sinov qilinishi kerak bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, shifokor bir necha hafta o’tgach, testni qayta bajarilishini talab qiladi.
Hozirgi kunda OIV yoki OITSga davo yo’q. Mavjud davolash usullari kasallikning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin va ko’pchilik odamlarga uzoq va nisbatan sog’lom hayot kechirishga imkon beradi.
Infektsiyalanish erta muddatlarda aniqlanganda antiretrovirusli davolanish juda muhimdir — bu hayot sifatini yaxshilaydi, umr ko’rish davomiyligini uzaytiradi. Shuningdek, 2013-yil iyun oyida chop etilgan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti yo’riqnomalariga muvofiq yuqtirish xavfini kamaytiradi.
Hozirgi kunda ushbu infektsiyaga qarshi hech qanday emlash yoki dori-darmon ishlab chiqilmagan, ammo so’nggi yillarda davolash usullari ancha yaxshilandi. Bemorlarning sog’ligi va hayot sifatini kuniga qabul qilinadigan bir tabletka sezilarli darajada yaxshilasi mumkin.
Agar odam so’nggi 72 soat ichida (3 kun) virus yuqtirganligiga amin bo’lsa, PEP deb ataladigan OIVga qarshi vositalar (postaloqa[postkontakt] profilaktika) kasallik rivojlanishini to’xtatishi mumkin. Davolashni virus yuqganidan keyin imkon qadar tezroq olish kerak.
PEP 4 haftalik, faqat 28 kun davom etadigan davolashning juda qiyin usuldir. Bu noxush nojo’ya ta’sirga (diareya, ko’ngil aynishi va bosh og’rig’i) sabab bo’lishi mumkin.
OIVga ijobiy tashxis qo’yilgach, davolanishni boshlashdan avval virusning rivojlanishini kuzatish uchun muntazam qon tekshiruvlari topshirib turish kerak. Terapiya ko’plab afzalliklarga ega va qonda virus darajasini kamaytirishga qaratilgan.
OIV ni davolash antiretrovirus (ARV) dorilar bilan amalga oshiriladi. Preparatlar infektsiya bilan kurashadi va organizmda virus tarqalishini sekinlashtiradi. Odatda, bemorlar YSART (yuqori samarali antiretrovirus terapiya) yoki KART (kombinativ antiretrovirusli terapiya) kabi kombinatsiyalangan davolashni oladilar.
Kombinativ dori vositalari har bir insonga mos keladi. Kasallikka qarshi kurashish davolash odatda doimiy va umrbod davom etadi. OIVni davolash odatdagi dozaga asoslangan. Tabletkalar har safar muntazam ravishda rejalashtirilgan holda qabul qilinishi kerak. ARV`ning har bir turi har xil nojo’ya ta’sirga ega, ammo ba’zi bir umumiy ta’sirlari ko’ngil aynish, charchash, ich ketishi, bosh og’rig’i, terida toshma toshishi yoki ko’rishning xiralashishini o’z ichiga olishi mumkin.
Ba’zi bir cheklangan tadqiqotlarga binoan, o’simlik dori vositalari kabi muqobil dori-darmonlar samarali qo’llanilmagan, ammo mineral yoki vitaminlar umumiy salomatlik holatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bemorlarga bu usullarni shifokorlari bilan muhokama qilish tavsiya etiladi.
Virus yuqishini oldini olish uchun tibbiyot xodimlari quyidagi choralarni tavsiya qilishadi:
Himoyalanmagan jinsiy aloqa — prezervativsiz jinsiy aloqa — jinsiy aloqa orqali yuqadigan OIV va boshqa tanosil kasalliklari bilan kasallanish xavfini oshiradi. Kasallik himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali (vaginal, og’iz va / yoki anal) tarqalishi mumkin.
Giyohvandlik va igna almashish — intravenoz (vena ichiga) narkotiklardan foydalanish rivojlangan mamlakatlarda OIV yuqishining asosiy sabablaridan biri. Ignalarni almashib foydalanish OITS va gepatit C kabi boshqa xavfli virusli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Kimdir ignadan foydalanishi kerak bo’lsa, u toza, foydalanilmaydigan, ochilmagan igna bo’lishi kerak.
Tanaga ta’siri — OIV zararlangan qon ta’siri xavfini kamaytirish va oldini olish uchun ehtiyot choralarini qo’llash orqali nazorat qilinishi mumkin. Har qanday holatda ham sog’liqni saqlash xodimlari to’siqlardan (qo’lqoplar, niqoblar, ko’zoynaklar, qalqonchalar va xalatlar) foydalanishlai kerak. Qon yoki boshqa tana suyuqliklari bilan aloqadan so’ng darhol tez va to’liq terini yuvish kasallanish ehtimolini kamaytiradi.
Homiladorlik — ayrim ARV preparatlari tug’ilmagan chaqaloqqa zarar yetkazishi mumkin. Biroq, samarali davolash rejasi OIV infektsiyasini onadan bolaga yuqishini oldini oladi. Bolaning sog’lig’ini himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko’rish zarur. Kesarcha kesish talab qilinishi mumkin. Ushbu virus bilan kasallangan onalar bolalarini emizmasliklari kerak.
Ta’lim — sog’liqni saqlash ta’limi insonlarga kasallik yuqishi yo’llari va xavf omillarini tushuntirishi kasallikning odini olish uchun muhim hisoblanadi.
Qat’iylik — OITSni davolash faqat dori-darmonlar o’z vaqtida qabul qilinganda samarali bo’ladi. Hatto bir necha dozaning yo’qligi davolanishni xavf ostiga qo’yishi mumkin. Kundalik metodik dastur bemorning turmush tarzi va tartibi atrofida davolanish rejasiga muvofiq bo’lishi uchun dasturlashtirilishi kerak. Bir kishi uchun davolash rejasi boshqa bir kishi uchun davolash rejasi bo’la olmaydi.
Umumiy salomatlik — bemorlarning dori-darmonlarni to’g’ri qabul qilishi va boshqa kasalliklardan qochish uchun choralar ko’rishi muhimdir (masalan uzoq vaqt sovuqda qolmaslik). Bemorlarning umumiy sog’lig’ini yaxshilash va muntazam mashqlar qilish, sog’lom ovqatlanish, chekmaslik, spirtli ichimliklar ichmaslik, kasallik xavfini kamaytirish uchun harakat qilishlari kerak.
Qo’shimcha choralar — OIV bilan kasallangan odamlar boshqa kasalliklar bilan kasallanishining oldini olishga harakat qilishlari kerak. Ular hayvonlarga ehtiyot bo’lishlari, mushuklar va hayvonlarning najaslari bilan, shuningdek, qushlar bilan aloqa qilishdan qochishlari kerak. To’liq va muntazam ravishda qo’l yuvish tavsiya etiladi.
Uzoq muddatli holat — ushbu sindrom uzoq muddatli holat, shuning uchun bemorlar o’zlarining sog’liqni saqlash jamoasi bilan doimo aloqada bo’lishi kerak. Davolash rejasi muntazam ko’rib chiqiladi.
Psixologik — virus va u keltirib chiqaradigan immunitet tanqisligi sindromi haqida keng tarqalgan noto’g’ri tushunchalar kamayishi sezilgan. Holbuki, dunyoning ko’plab mamlakatlarida bu holat saqlanmoqda. Virus bilan kasallangan odamlar o’zlarini cheklanganidek, rad etilgandek, kamsitilgandek his qilishi mumkin. Bu holatda psixolog yordami juda muhimdir.