Tashxislashda ommalashib borayotgan zamonaviy apparatlardan biri magnit rezonans tomografiyasi boʼlib, bunda magnit tebranishi yordamida tanadagi mavjud oʼzgarishlar aniqlanadi. Kompьyuter tomografiyasidan farqli ravishda MRT nurlantirmaydi va mutlaqo xavfsiz. Аmmo diagnostika magnit toʼlqinlari bilan bogʼliqligi sababli kiyimlarida metalli predmetlar boʼlgan yoki tanasiga kardiostimulyator (yurak ishini meʼyorlashtiruvchi asbob) va bosh qa xil metall implantant oʼrnatilgan kishilar bu tekshiruvdan oʼtolmaydi.
MRT asosan yumshoq sohalarni, masalan mushaklar, asab tolalari, miya, orqa miya va umurtqalar aro disklar, boʼgʼimlarni yaxshi “koʼra”oladi. Lekin suyaklardagi kalьtsiy miqdorini aniqlab berolmasligi mumkin. Shuning uchun suyaklarni aniq tadqiq qilish uchun kompьyuter tomografiyasi yoki rentgen tekshiruvi oʼtkazilgani maʼqul.
Boʼgʼimlardagi degenerativ (artroz) va yalligʼlanish (artrit) holatlari rivojining erta bosqichida, shuningdek boʼgʼim yuzasidagi turli shikastlar, pay, mushak va paychalardagi mayda uzilishlarni aniqlashda MRTning ahamiyati katta. Odatda boʼgʼimlar MRT si bevosita tekshirilayotgan sohani operatsiya qilishdan oldin hamda bemorning operatsiyadan keyingi ahvolini nazorat qilish maqsadida oʼtkaziladi.
Tekshiruvning rentgen usuli bilan taqqoslaganda boʼgʼimlar MRTsi oʼta aniqlikka ega, hatto ulьtratovush yordamida tashxislashdan koʼra ancha yuqori turadi. MRT shikastlangan toʼqimalar patologiyasini aniqroq koʼrsatib beradi. Maʼlumki, boʼgʼimlar shikastlanishi eng koʼp uchraydigan jarohat turiga kiradi va 70 foizni tashkil etadi. Аyniqsa yirik boʼgʼimlar tez-tez jarohatlanadi. Zamonaviy tashxislashda yirik boʼgʼimlar shikastlanishidan shikoyat qilgan bemorlarga ichki va tashqi tuzilmalarning qay tarzda jarohatlanganini faqat MRT ishonchli tarzda aniqlab beradi.
Bordiyu bemor homilador boʼlsa, bu haqda tekshiruv oʼtkazayotgan shifokorga aytishi kerak. Аslida MRT kompьyuterli tomog rafiya va rentgenografiyadan koʼra xavfsiz, chunki bu tekshiruvda ionlashtirilgan radiatsiya (rentgen nurlari) ishlatilmaydi. Shunday boʼlsada MRTdan soʼng tanada ayrim qizishlar roʼy berishi mumkin. Shunday ekan, homiladorlikning dastlabki uch oyida MRT qilinmagani maʼqul. Keyingi oylarda esa homilador ayollar bunday tekshiruvdan bemalol oʼtishsa boʼladi.
MRT tekshiruvi ogʼriqsiz kechadi. Bemor magnit maydoni va radiotoʼlqinlarni deyarli his qilmaydi. Tekshiruv paytida eshitiladigan noxush tovushlarning quloqlar uchun zarari yoʼq. Tekshiruvdan oʼtayotganda bemor erkin nafas olishi, bosh va tanasini qimirlatmasligi kerak. Аks holda ortiqcha hatti-harakatlar tasvirni buzib yuborishi mumkin.
Baʼzi kishilar tomografdan oʼtayotib bezovtalanishadi. Bunday vaqtda bemor mikrofon orqali MRT laboranti bilan soʼzlashish imkoniyatiga ega. MRT tekshiruvlari qariyb oʼn-yigirma daqiqa davom etadi.