Chekish nima uchun zararli?
Kundalik hayotimizda chekish va chekishni tashlash haqidagi faktlar, sonlar va ma’lumotlarni — mukammal ko’rinishda — moliyaviy xisob-kitoblarda, davlat siyosatida va tibbiyot terminologiyasida uchratishimiz mumkin. Chekishning ta’sirini tibbiyot lug’atlarimizga chuqur cho’mib ketmay turib ham sodda va barcha uchun tushunarli ko’rinishda izohlab o’tishimiz mumkin: Chekish nafasingizni yoqimsiz xidga to’ldiradi va tishlaringizda dog’ paydo qiladi. Chekish na dabdaba, na obro’. Haqiqatda u bularning umuman teskarisidir. Chekuvchilarning infarkt bo’lishi ehtimoli chekmaydiganlarga nisbatan ikki barobar yuqoriroq. Aslida chekuvchilar — infarkt sabab hayotdan ko’z yumish xavfi ostidagi inson toifalari orasida birinchi o’rinda turadilar. Yengilroq (lights) sigaretlarni chekish sog’liqqa foydaliroq degani emas. Sigaretlarning sog’liqqa foydalisi bo’lmaydi. Chekuvchilarning turli rak kasalliklariga duchor bo’lishi ehtimoli juda katta.
Chekish jismoniy harakatchanligingizni juda katta miqdorda susaytiradi. Chekish tanangizning turli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini kamaytiradi. Chekish huzurni keltirmaydi. Bu aslida quruq psihologik effektdir. 15 yil davomida, kuniga 20ta sigaret chekish kishiga 15 yil davomida kamida $5000 ga aylanishi mumkin. Bu xarajat ko’rsatkichi kundan kunga yuqorilab bormoqda. Chekish hayotingizni tahminan 15-20 yilga qisqartiradi. Bir kun kelib har bir inson bu dunyodan baribir o’tadi. Ammo, chindan ham shu kunni tezroq kelishni istaysizmi? Oilangizni yoki o’z hayotingizni yetarlicha qadrlmaysizmi, bularga qo’shimcha 15-20 yil vaqtingizni ajratishni istamaysizmi? Chekishning bunday ta’sirlarini chetlab o’tmaslik kerak Bu bo’yicha ma’lumotlarni, sonlarni, Sog’liqni Saqlash Vazirligining daraknomalarini o’qib ularga e’tibor bermay yurishingiz mumkin. »Beparvolik bu bahtiyorlik» deb, chekuvchilar o’z kichik dunyochalarida o’zlarini xotirjam his etadilar. Go’yoki chekish ularga hech qachon hech qanday zarar ta’sir ko’rsatmaydi. Ertaga, bir oy, yoki bir yildan keyin tashlayman deyishi mumkin. Sigaret chekib tanangizni zaharlash orqali o’zingizni nobud qilayotganingiz bu fakt. Bu faktga beparvolik bilan qarash muammoni hal qilmaydi. Fikringizni jamlab bir qarorga keling. Hayotingizni tartibga soling. Chekishni tashlang. Agar bugungi kunda, dunyo bo’yicha chekuvchilar sonini olib xulosa qiladigan bo’lsak, nikotinga bo’lgan xumorgarchilikni yengishni hamma ham uddalay olmas ekan degan fikrga kelamiz.
Manba: Fikr.uz