Suhbatlashish mahorati xususida
Birdan-bir haqiqiy ne’mat odamlarning bir-biri bilan muloqotidir.
A. SENT-EKZYuPERI
Gapirisha bilish talantdir.
STENDAL
Suhbat — bahamjihat quriladigan bino.
A. MORUA
Bir soatlik suhbat ellikta maktubdan afzal.
M. SEVINE
Bahslashish ko‘plarning qo‘lidan keladi, oddiygina suhbatlashishni esa kamdankam kishi uddalaydi.
A. OLKOTT
Kishilar fahmlari yetmaganlikdan emas, ortiqcha g‘ururlari tufayli qaysarlik qilib, eng sog‘lom fikrlar bilan ham kelishmaydilar: qarasalar, to‘g‘ri ish oldingi safni egallab qo‘ygan bo‘ladi, oxirgi o‘rinda bo‘lishni esa ular istashmaydi.
F. LAROShFUKO
Insonlik bahsda va safarda bilinadi.
J. GERBERT
Odamni aralashib yurgan davrasiga qarab bilish mumkin bo‘lganidek, uning tiliga qarab ham shaxsiyati to‘g‘risida fikr bildirsa bo‘ladi.
J. SVIFT
Odamning so‘zidan faqat uning qanday ko‘rinish niyatidaligini bilish mumkin, aslida uning qandayligini so‘zlarini ifodalashdagi imo-ishoralaridan, yuz bujmaytirishlaridan, binobarin, uning og‘rinib qilgan harakatlaridan ham bilib olish mumkin.
F. ShILLER
Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash.
SA’DIY
Dono bilan so‘zlashganda kam gap bo‘l.
KATTA KATON
Aqlli kishining ishorasi ham kifoya.
TERENSIY
Oliy maqsad sari yetaklamaydigan mukammallikka hech qachon hojat ham yo‘q.
P. A. PAVLENKO
Nozik his qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishiga butun tafsilotni aytib berishga urinish zerikarli va haqoratli ta’sir etadi.
R. LUKSEMBURG
Hech kimga so‘z bermay suhbat mavzuini ulab ketaverish shaxsiyatparastlikning eng jo‘n ko‘rinishidir, uning qoralanishi to‘g‘ri.
G. SPENSER
O‘z vaqtida fikr bildirish katta san’at talab qilganidek, o‘z vaqtida sukut saqlash ham hazilakam mahorat emas.
F. LAROShFUKO
Ko‘p gapirish bilan ko‘p fikr aytish boshqa-boshqa narsa.
SOFOKL
Jiddiy narsalar to‘g‘risida oddiy gapirish kerak: bu o‘rinda balanparvozlik bemavrid; arzimas narsalar to‘g‘risida gapirganda esa faqat yaxshi ohang, usul va fikrgina ularga mazmun bag‘ishlashini esda tutmoq lozim.
J. LABRUER
Yaxshi bilmaydigan narsalarni ko‘p hollarda butunlay tushunarsiz so‘zlar bilan tushuntirishga harakat qiladilar.
G. FLOBER
Ko‘pchilik o‘zlarini o‘ylatmaydigan allaqancha lug‘atga egadirlar; bu lug‘at kam ma’no anglatadigan va shuning uchun ham istagan narsaga qo‘llasa bo‘laveradigan so‘zlardan tashkil topgan. Bu bo‘sh shishalarga yonishtirilgan yorliqlardir.
G. LANSON
Suhbatni shunday olib borish kerakki, suhbatdoshlarning har biri undan naf olsin, bilimi yanada boyisin.
GERAKLIT
Bizga nimadir bilim beradigan so‘zlar, ayniqsa, hamma narsadan azizdir.
ARASTU
Yaxshi gapirish uchun yetarli aqlga, sukut saqlash uchun yetarli mulohazaga ega bo‘lmaslik katta baxtsizlikdir: har qanday surbetlikning ildizi shunda.
J. LABRUER
Oqillar nazdida gar o‘ltirish odobdir,
Maslahat tashlaganda so‘zga ko‘rsatgil himmat.
Ikki narsa aqlga sig‘maydi agar bilsang,
So‘zlash payti sukutu keraksiz joyda suhbat.
SA’DIY
Hamma ishda va har qanday suhbatlarda sabr-qanoatli bo‘ling.
J. LEBBOK
Tilning aqldan oldinga ketishiga yo‘l qo‘yma.
XILON
Taassurotlar qanchalik tez va shiddat bilan aytib berilsa, ular shunchalik yuzaki va bir lahzali bo‘lib chiqadi.
N. A. DOBROLYuBOV
Dbimo boshqalardan aqlliroq bo‘lish istagidan ham ko‘ra bema’ni ahmoqlik yo‘q.
F. LAROShFUKO
Suhbatni aql emas, o‘zaro ishonch hamma narsadan ko‘proq qizitadi.
F. LAROShFUKO
Haddan tashqari ko‘p gapiradigan odam hech kimga yoqmaydi, u go‘yo o‘z romanining qahramonini tasvirlagandek hamisha o‘zi haqida o‘zi gapiradi.
F. ChESTERFILD
Faqat ahmoq odam xiralik qiladi; aqlli odam o‘zining davraga kerakligi yoki ortiqchaligini darhol payqaydi-yu, odamlarning joniga tegmayoq jo‘nab qoladi.
J. LABRUER
Ko‘p o‘ylaydigan odam iloji boricha kam so‘z ishlatib, ko‘proq fikr berishga intilib gapiradi.
U. IRVING
O‘zi haqida uzundan-uzoq gapiradigan odam shuhratparastlikdan qochib qutulolmaydi.
D.YuM
G‘alati gap bilan odamlarni hayratga solaman deganlarida tayinli bir iarsa aytolmaydilar.
L. VOVENARG
Suhbatni otangdan qolgan merosday bilib, undan boshqalarni bebahra qilish huquqiga egamas, deb o‘ylama, aksincha, boshqa hamma sohada bo‘lganidek, suhbatda ham har kim o‘z navbatita ega bo‘lishini nazarda tutmoq kerak.
SISERON
Doim o‘zing gapiraversang —hamisha haq bo‘lib chiqasan.
O. BALZAK
O‘zining ham gapirish navbati kelishini bilmaganda, hech istaganingda achchiqlanmaslik va birorta sovuq yoki ko‘ngilni og‘ritadigan so‘z aytmaslik eng muhim masaladir.
EPIKTET
Har bir kishi oqilona o‘ylash va gapirishga intilsin, biroq boshqalarni o‘z didi va hissiyotlarining nuqsonsizligiga ishontirishga urinmasin: bu nihoyatda mushkul ish.
J. LABRUER
O‘z fikringni isbotlashda va agar xato bo‘lsa boshqa fikrlarni inkor qilishda vazmin so‘zlar va iboralarni ishlat.
F. ChESTERFILD
Ba’zi odamlar uchun gap — ranjitish vositasi: tillaridan nayza otib, achchiq iztehzo qiladilar, so‘zlari — xuddi zaharga qorishtirilgan erman sharbatiday; zaharxanda, tahqir, haqorat og‘izlaridan so‘lakday oqib tushaveradi.
J. LABRUER
So‘z xulq-atvor demakdir.
L. N. TOLSTOY
Shaxsiy baxtga erishish uchun ish bilan birga so‘zga e’tibor bering katta ahamiyatga ega.
N. V. ShELGUNOV
Biz bittagina so‘z bilan o‘zimizga va o‘zgalarga qanday zarar yetkaza olishimizni yetarli tasavvur qilmaymiz, bu zararni deyarli tuzatib bo‘lmaydi.
F. LAMENNE
Bilginki, sening farosatsiz, sovuq, beparvo so‘zing xafa qilishi, dilni og‘ritishi, ranjitishi, iztirobga solishi,larzaga tushirishi, dovdiratib qo‘yishi mumkin.
V. A. SUXOMLINSKIY
Til uchiga kelib turgan ikkita so‘zdan doimo eng oddiysini tanlang.
P. VALERI
Yaxshi suhbatdosh bo‘lishning faqat bitta usuli bor, bu tinglay bilishdir.
K. MORLI
Ko‘p odamlar yaxshi gaplarni so‘ylashi mumkin, biroq kamdan-kam odam tinglay biladi, chunki tinglash aql ishlatishni talab qiladi.
R. TAGOR
Tinglash aqlli odam ko‘p hollarda ahmoqqa ko‘rsatadigan muruvvatdir, lekin ahmoq hech qachon bunga muruvvat qaytarmaydi.
P. DEKURSEL
Gapirishni bilmasang, tinglashni o‘rgan.
POMPONIY
Tinglashni o‘rgan, ana shunda sen hatto yomon gapiradiganlardan ham naf olishing mumkin.
PLUTARX
Tinglashda birinchi, gapirishda esa oxirgi bo‘l.
E. KAPIEV
Tinglash san’ati gapirish san’ati bilan deyarli teppa-tengdir.
P. BUAST
Odam qanchalik kamgap bo‘lsa, shuncha yutadi: kishilar uning aqlli ekani haqida o‘ylay boshlaydilar, buning ustiga, asli o‘sha odam aqlli bo‘lsa, hamma uning nihoyatda zukko odamligiga ishonch hosil qiladi.
J. LABRUER
Muloyim xarakterni ko‘p hollarda kuchli xarakter deb hisoblaganlari singari, kamgap odamni ham ko‘plar uzoq vaqtgacha aqlli odam sanab yuradilar.
L. BERNE
Suhbatda vazminlik va o‘rinli gapirish gapga chechanlikdan yuqori turadi.
F. BEKON
Ul adabdurki, yaxshi va yamong‘a va ulug va kichikka bajo keltirurlar. Andoqki, barcha haloyiqdan o‘zlarin kichik va kamroq tutarlar va barchag‘a xizmat huzurida bo‘lurlar. Hattoki o‘z farzandlariga, xodim va mamluklarig‘aki, har necha alardan beqoidalig‘ ko‘rsalar xushunat bila alarga so‘z demaslar, balki nasihatni yumshog‘ va chuchuk til bila qilurlar.
A. NAVOIY
Kamgaplik va kamtarinlik suhbatda g‘oyat foydali fazilatdir..
M. MONTEN
Odam kam gapirsa, aqlliroq ko‘rinadi.
M. GORKIY
Tokim birorta so‘z deguncha inson, Aybila hunari barchadan pinhon.
SA’DIY
Berilib ting‘lash va yaxshi javob qaytarish suhbat paytida eng oliy mukamalliklardan biridir.
F. LAROShFUKO
Eskirgan may ko‘p ichishga yaramagani singari qo‘pol muomala ham suhbatda ketmaydi.
PIFAGOR
Qanday so‘z aytsang, javobiga ham o‘shani eshitasan.
GOMER
Aqlli javob olmoqchi bo‘lsang — aqlli savol ber.
I. GYoTE
Bema’ni savollar bermasangiz, men ham sizga yolg‘on gapirmayman.
O. GOLDSMIT
O‘rinsiz savol xunuk javobga sabab bo‘ladi.
I. ENGELS
Yaxshi gapirish uchun insonda aql yetmasligi yoki indamaygina qo‘ya qolish uchun idrok yetishmasligi musibatdir.
J. LABRUER
Gapirish va harakat qilish vaqsh kelguncha jim turolmaydigan kishi chyut inson emas.
T. KARLEYL
Sukut saqlashni bilmaydigan odam boplab gapirolmaydi ham.
SENEKA
Sukut saqlashni bilmagan kimsa kamdan-kam yaxshi gapira oladi.
P. ShARRON
Aqlli bo‘lishni istasang, mulohaza qilib so‘rashni, diqqat bilan tinglashni, muloyim javob qaytarishni va boshqa aytadigan gaping bo‘lmasa, indamas-likni o‘rgan.
I. LAFATER
Indamasdan faqat ko‘p narsa aytish emas, balki ko‘p ish qilish ham mumkin.
E. KAPIEV
Ba’zan sukut har qanday gapdan ham ma’noli bo‘ladi.
Sh. MONTESKE
Sukut beodoblik, qo‘pollik yoki hasad yuzaga keltirgan har qanday kelishmovchilikka qarshi eng to‘g‘ri javobdir.
I. SIMMERMAN
Nafratli sukutdan ortiq xo‘rlovchi javob bo‘lmas.
M. MONTEN
Odamlar qanday so‘zlashni o‘rganadilar, asosiy gap esa — qanday va qachon sukut saqlay bilishda.
L. N. TOLSTOY
Sukut ba’zan goyat ajib va yoqimli so‘zamollikka nisbatan ham serma’nolik va afzallik kasb etadi hamda juda ko‘p hollarda yuksak donishlikdan dalolat beradi.
J. ADDISON
Sukut saqlash har doim ham aqllilikdan dalolat emas, biroq u har qalay ahmoq emaslikni isbotlaydi.
P. BAUST
Yaxshi so‘zlovchi kishining sukut saqlashi uncha yomon ham gapirmayotgan odamning valaqlashidan ko‘ra ko‘proq hurmat uyg‘otadi.
N. ShAMFOR
Ma’lumki, ko‘p hollarda g‘oyaviy suhbat degani shundan iboratki, har xil kitobchalarning sarlavhalari yodaki beriladi.
G. SENKEVICh
Biz odatda, bilmagan narsamiz haqida ko‘p gapiramiz. Chunki shu haqda o‘ylaymiz. Aqlimizning ishi ham shu tomonga qaratilgan, hoynahoy, faqatgina ishga qaratilgan.
P. VALERI
Uzoq suhbatdan so‘ng o‘tgan gaplarni bir eslashga urinib ko‘r, shunda gapirilganlarning aksariyat qismi behuda, keraksiz va ko‘pincha ahmoqona bo‘lganiga hayron qolasan.
L. N. TOLSTOY
Aytar so‘zing bo‘lmasa, sukut saqlaganing ma’qul.
V. G. BELINSKIY
Agar odamlar faqat bilgan narsalarini gapirganlarida qanchalar jimjitlik hukm surishini bir tasavvur qilib ko‘ring.
K. ChAPEK
O‘zingga ayon narsanigina gapir, bo‘lmasa sukut saqla.
L. N. TOLSTOY
Ahmoqona gapirgandan ko‘ra, aql bilan indamay qo‘ya qolgan
ma’qul.
PUBLILIY SIR
Yo sukut saqla, yoki sukutdan tuzukroq biron narsa gapir.
PIFAGOR
Men bilgan narsam haqida gap sotish nodonlikdir.
M. PRIShVIN
Nodon uchun sukut saqlashdan yaxshisi yo‘q; biroq u o‘zi uchun nima yaxshiligini bilganda nodon bo‘lmas edi.
SA’DIY
ziyouz.uz