​​«Nimaga maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq?» — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyat yoshlari bilan suhbatda maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq turganini tanqid ostiga olib, maktablarda kechki payt mushoiralar qilib, gulhan yoqib, atrofida bayramlar qilish kerakligini aytdi.
Davlat rahbarining aytishicha, «yoshlarning dardini bilmas ekanmiz, hech qachon bizda taraqqiyot bo‘lmaydi».
«Joylarda o‘zgarishlar bo‘ldi. Fransiyaga borganimizda ko‘rdim, ular bizning uzoq tariximiz va buyuk bobolarimiz borligiga qoyil qoldi. Navoiy viloyati so‘nggi 2 yilda oliy ta’limga kirishda respublikada yuqori o‘rinni egallayapti va boshqa sohalarda ham shunday bo‘lyapti.
Tasdiqlangan hokimga birinchi topshirig‘im — yoshlar bo‘yicha yangi tajribani joriy etish bo‘ldi. Komissiya rahbarning o‘zi ham hokim bo‘ladi.
Nimaga maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq? Nimaga maktablarda kechki payt mushoiralar bo‘lmaydi? Gulxan yoqib, atrofida bayramlar bo‘lmaydi? Buni ham qilish kerak», — deydi davlat rahbari.
Mavzuga doir:
Maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha nima ishlar qilindi?
dunyodagi noodatiy maktablar
Maktablar uchun innovatsion loyihalar. Dunyoning turli davlatlaridan ajoyib g’oyalar
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:44